Yosh olimlar portalimizning maqsadi:
Iqtidorli talabalar: Oliy o’quv yurtlarining ilmiy ish bilan shug’ullanuvchi talabalari.
Magistrlar: (lot. magister — ustoz, murabbiy, rahbar) — magistraturani bitirgach talaba tomonidan egallanadigan oliy akademik daraja, kvalifikasiya (ba’zi davlatlarda — boshlang’ich ilmiy daraja).
Aspirantlar: (lot. aspirans «intiluvchi») — fan nomzodi darajasini egallash maqsadida, aspiranturada ta’lim oluvchi hamda dissertasiyani himoyasi ustida ishlayotgan shaxs.
Doktorantlar: (lot. dotoradus, docere ta’lim berish) fan doktori darajasini egallash maqsadida, doktoranturada ta’lim oluvchi va doktorlik dissertasiyasini himoya qilishga harakat shaxs.
…dissertasiya ustida ishlayotgan yosh olimlarga ko’maklashish va ularni dissertasiyani yozish hamda himoya qilish jarayonida ko’maklashish va maslahatlar berish.

Tadqiqotchilar sahifamiz dissertasiya ustida ish boshlagan olimlar uchun foydalidir.
Ixtisosliklar pasporti sihafasida Oliy Attestasion Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ixtisosliklar va ularning tasnifi keltirilgan.
Kitoblar sahifasida dissertatsiya ustida ishlayotgan olimlar uchun foydali bo'lgan xamda internetdan bepul yuklab olish imkoniyati mavjud bo'lgan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan.
Ilmiy konferensiyalar, seminarlarda qatnashish imkoniyati, grantlar va stipendiyalar haqida ma’lumotlarni
Foydali sahifalarda topishingiz mumkin.
Qo’shimcha manbalar sahifasida siz o’z ilmiy ishingiz bo’yicha maqolalar chop etish imkoniyatlari haqida va tadqiqotchilarga foydali bo’lgan manbalar haqida ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
Tadqiqot natijalarini chop etish uchun Xalqaro ilmiy jurnallar ro'yhatini
ushbu sahifada topshingiz mumkin.
Dissertasiyalar sahifasida MDH oliygoxlarida himoya qilingan, erkin foydalanish imkoniyati mavjud, dissertasiyalarining elektron nusxalari keltirilgan hamda bu sahifada sizga kerakli bo’lgan ishlarni elektron nusxalariga so’rovnoma yuborishingiz mumkin.
Portalimizni rivojlantirish bo’yicha taklif va mulohazalaringizni yuborishingizni so’rab qolamiz. Sizdan quyidagilarni yuborishingizni iltimos qilamiz:
• Tadqiqotchilar uchun internetda mavjud bo’lgan foydali ma’lumotlar.
• Dissertasiyani himoya qilishdan oldin v keyin zarur bo’lgan xujjatlar ro’yxati.