ILMIY TADQIQOTGA KIRISHISH

Magistrantlarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati XXI asr fani muvaffaqiyatining garovidir. Qadimgi davrlardan to bugungi kungacha fan umuman jamiyatga va alohida har bir kishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda bizni o’rab turgan jamiki narsalar – bu inson ilmiy faoliyatining amaliy shakllari bo’lib hisoblanadigan texnologiyalar va ishlab chiqarish jarayoni orqali moddiy boyliklarda mujassam bo’lgan aqliy ish mahsulidir.
Ilmiy faoliyat metodologiyasini anglab olish uchun avval-boshda kirish tartibida ayrim nazariy jihatlar, asosiy kategoriyalar va tushunchalar ustida mushohada yuritish kerak bo’ladi – ushbu bob shu mavzuga bag’ishlanadi.

ILMIY TADQIQOT: ASOSIY KATEGORIYALAR VA TUSHUNCHALAR

Ilmiy ish boshqa har qanday ishdan o’zining maqsadi — yangi ilmiy bilimni olishi bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqyelik haqidagi obyektiv bilimlar ishlab chiqiladi va bir tizimga solinadi.
Biroq fanda qandaydir bir yangi ilmiy faktni aniqlash kamlik qiladi, unga fan pozisiyasidan turib izoh berish, uning umumiy bilishga oid, nazariy yoki amaliy ahamiyatini ko’rsatish, shuningdek ilgari ma’lum bo’lmagan yangi jarayonlar va hodisalarni oldindan ko’ra bilish talab etiladi.
Ilmiy ish bu avvalo qat’iy rejali faoliyatdir. Garchi fanda tasodifiy kashfiyotlar qilinib tursa-da, lekin faqat rejali, zamonaviy
vositalar bilan puxta qurollangan ilmiy tadqiqot tabiat va jamiyatdagi obyektiv qonuniyatlarni ochish va teran bilishga imkon beradi. Shundan keyin avval-boshdagi fikrning aniq maqsadni ko’zlab ishlanishini davom ettirish, oldindan mo’ljallangan tadqiqot sxemasini aniqlashtirish, o’zgartirish, unga qo’shimchalar qilish jarayoni kechadi.
Ilmiy tadqiqot. Uning umumiy maqsadi quyidagi ehtiyojlarga javob beradigan nazariyani qurishdan iborat:
1) faktlarni tahlil etish, tasniflash va bir tizimga solish (sintez qilish);
2) real olamning aniq faktlarini talqin qilish va anglab olish;
3) yangi natijalarni oldindan aytib berish va hodisalar rivojini bashorat qilish.

Nazariya va amaliyot.
Nazariya bilan amaliyot o’rtasida metodologiya va uslubiyot orqali amal qiladigan murakkab munosabatlar qaror topgan bo’lib, ularni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:
 

Amaliyot o’z faoliyatining
istiqbollarini to’g’ri belgilash uchun nazariyaga muhtojdir
 
Nazariya Nazariya o’z bashoratlarini real qurish uchun amaliyotga muhtojdir
 
Metodologiya
Uslubiyot
Amaliyot

Metodologiya – bu ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatining ilmiy tamoyillari va usullari tizimi haqidagi ta’limot.
Bilish jarayonida metodologiya tadqiqot obyektiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi va bilish natijalarini oldindan belgilab beradi.
Tadqiqot uslubiyoti (texnologiyasi) – tadqiqot usullarining bir tizimli majmui, tadqiqot uslublari, usullari, texnikalarini
qo’llanish va ular yordamida olingan natijalarni talqin qilish qoidalari tizimi.
Uslubiyot o’rganiladigan obyekt xarakteriga, tadqiqot metodologiyasi, maqsadlariga, ishlab chiqilgan uslublar, tadqiqotchi malakasining umumiy darajasiga bog’liq bo’ladi.
Ilmiy tadqiqot uslubi bu muayyan bilish maqsadini hisobga olgan holda muayyan bilish vazifalarini hal etishga qaratilgan aqliy va (yoki) amaliy operasiyalar (rusum-qoidalar) tizimidir.

Nafaqat xulosa, shu bilan birga unga olib boradigan yo’l – bilish usuli, xulosaga olib keladigan mulohazalar tizimi Xulosaning asoslanganligini tekshirish O’rganilgan hodisalar,
jarayonlar, qonuniyatlar boshqa hodisalar va jarayonlarni keyinchalik o’rganish uchun namunalar,
modellar bo’lib xizmat qiladi
 
Xatoni ko’rish mumkin
Metodologik yoki texnologik bilim qayd qilinadi

 

Tadqiqot umumiy ilmiy metodologiyasining prosessual tuzilmasi

  1. Bundan oldingi tadqiqotchilar tajribasini o’rganish
  2. Muammoli nuqtalarni aniqlash
  3. Mushohada yuritish
  4. Yechimni izlashning yetakchi tamoyillarini asosli tanlash
  5. Uslublarning qo’llanilishi
  6. Hodisa mohiyatiga kirib borish
     

MUNDARIJA