MAGISTRLIK DISSERTASIYASI USTIDAGI ISHNING PROSESSUAL TUZILMASI

1 - bosqich Tadqiqotni o’tkazishga tayyorgarlik: yo’nalish olish va muammolarni belgilash

Magistrant amallarining izchilligi

  • Obyekt sohasini, obyektni, tadqiqot predmetini belgilaydi.
  • Mavzuni, muammoni tanlaydi va ifodalaydi, ularning dolzarbligini asoslaydi.
  • Ilmiy adabiyotlarni o’rganadi va mavzuni aniqlashtiradi.
  • Farazni (gipotezani) ifodalaydi.
  • Tadqiqot maqsadlari va vazifalarini ifodalaydi.
     

2 - bosqich Tadqiqot uslublarining belgilanishi. Rejalashtirish

Magistrant amallarining izchilligi

  • Tadqiqot uslublari, uslubiyotini tanlaydi va asoslaydi.
  • Tadqiqot mavzuining chegaralarini belgilaydi.
  • Tadqiqotning o’tkazilishini rejalashtiradi.
     

3 - bosqich Tadqiqotning o’tkazilishi

Magistrant amallarining izchilligi

  • Tadqiqot materiallarini yig’adi, eksperimentni qo’yadi va o’tkazadi.
  • Materiallarni bir tizimga soladi va ishlaydi.
  • Ma’lumotlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi, talqin etadi, xulosalar chiqaradi.
  • Tadqiqot jarayonida olgan o’z xulosalarini ilgari mavjud bo’lgan bilimlar va ma’lumotlarga solishtiradi
     

4 - bosqich Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish

Magistrant amallarining izchilligi

  • Magistrlik dissertasiyasi tuzilmasi va rasmiylashtirilishiga qo’yilgan talablarga muvofiq ravishda shunday dissertasiyani yozadi
     

5 - bosqich Tadqiqot natijalarining taqdimoti va himoyasi

Magistrant amallarining izchilligi

  • Formal talablarga muvofiq ravishda o’z ishini taqdim etadi.

MUNDARIJA