GLOSSARIY

Abstraktlashtirish – boshqa barcha parametrlarni hisobga olmasdan bitta ajratilgan parametrni alohida holida ko’rib chiqadigan tadqiqotchilik uslubi.

Dolzarblik – ushbu muammoning hozirgi fan va amaliyot uchun o’rganilishining muhimligi; dolzarblik darajasi global tusda (fan, jamiyat ehtiyojlari, umuman amaliyotni qamrab olishi) yoki lokal tusda (fanning alohida tarmog’i, alohida mintaqa, muayyan tusdagi ijtimoiy institutlarni va shu kabilarni qamrab olishi) bo’lishi mumkin.

Dissertasiya mavzuining dolzarbligi – bu uning ijtimoiy nazariya va amaliyot uchun kerakli ekanligi bo’lib, fanda ko’pincha oldingi nazariy tasavvurlar doirasiga yaqqol joylashmaydigan yangi faktlarning kashf qilinishi natijasida vujudga keladigan vaziyatning mavjudligi bilan belgilanadi.

Tadqiqot dolzarbligini asoslash - ilmiy bilishning umumiy jarayoni sohasida mazkur mavzuni o’rganish zaruratini izohlashni bildiradi.

Tahlil – bu tadqiqotning nazariy uslubi bo’lib, tadqiq qilinayotgan jarayon yoki hodisani maxsus va teran mustaqil o’rganish uchun uni tarkibiy qismlarga ajratishni nazarda tutadigan fikriy operasiyadir.

Analogiya – o’xshashligi, prototipi tanlanadigan fikriy operasiya.

Annotasiya - titul varag’ining orqasida joylashgan, qandaydir nashr haqidagi qisqacha axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining vazifasi, mazmuni, shakli va boshqa xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi.

Suhbat – empirik uslub bo’lib, javob beruvchi bilan shaxsiy aloqani nazarda tutadi.
Ilmiy mavzular turlari: amaliy, aralash, nazariy.
• Amaliy mavzular xo’jalik amaliyotini o’rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida ishlab chiqiladi.
• Aralash mavzular tadqiqotning nazariy va amaliy jihatlarini o’zida mujassamlashtiradi.
• Nazariy mavzular asosan adabiy manbalardan foydalanib ishlab chiqiladi.

Faraz (gipoteza) (qadimgi grek tilidan - asos, taxmin) — oldindan o’rganilgan faktlar, hodisalar, jarayonlarning muayyan majmuiga asoslangan, ularni izohlash uchun ilgari suriladigan va tasdiqlanishi yoki inkor etilishi lozim bo’ladigan nazariy taxmin.

Tadqiqot farazi - bu bevosita kuzatilayotgan hodisa, o’rganilayotgan hodisaning tuzilishi yoki uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar tusi haqidagi ilmiy asoslangan taxmindir. Farazlar mavjud faktlar asosida ishlab chiqiladi. Xulosa sifatidagi faraz obyektiv voqyelikda o’z ildizlariga ega bo’ladi, fikrning bevosita kuzatilayotgan hodisalardan ularning sababli izohlanishigacha bo’lgan harakati hisoblanadi.

Deduksiya - fikrlashning umumiy qonuniyatlardan xususiy faktlarga tomon rivojlanishini nazarda tutadigan fikriy operasiya.

Dissertasiya (lotinchadan tarjimasi - tadqiqot, mushohada) - muayyan ilmiy (akademik) malakani (darajani) olish maqsadida maxsus tayyorlangan, ommaviy muhokamaga va himoyaga qo’yiladigan asar.

Magistrlik dissertasiyasi - magistrni tayyorlash bo’yicha asosiy kasbiy ta’lim dasturiga o’qitishning yakunlovchi bosqichida talaba-magistrant tomonidan ilmiy rahbar rahbarligida mustaqil bajariladigan ilmiy yo’nalishdagi tugatish malaka ishi.

Sarlavha: ilmiy adabiyotda mavzuni bildiradi.

Tadqiqot vazifasi - bu ilgari surilgan farazga muvofiq maqsadga erishish uchun yo’llar va vositalarning tanlanishidir.
Ideallashtirish – tadqiqotchining nuqtai nazarida hodisa yoki jarayonning ideal obrazini, ya’ni nazariy modelning yaratilishi; farazlarni ishlab chiqishda qo’llaniladi.
Induksiya - xususiy faktlarni umumlashtirish mantiqiga asoslangan fikriy operasiya.
Tasniflash - o’rganiladigan obyektlar, faktlarni o’rganishning nazariy uslubi; hodisalarni bir-biriga nisbatan tartibga solishga asoslanadi.

Aniqlashtirish - abstraktlashtirishga teskari jarayon, yaxlit, o’zaro bog’liq, ko’p tomonlama obyektning topilishini nazarda tutadi.

Konspekt - asosiy xulosalar va qoidalar, faktlar, dalillar, usullarni o’z ichiga oladi; tuzuvchining materialga nisbatan
munosabatini aks ettiradi. Konspektlar turlari: Rejali - oldindan tayyorlangan reja yordamida tuziladi: uning har bir bandiga konspektning tegishli qismi mos keladi. Tahliliy - ko’pincha bir necha manbadan foydalanib aniq mavzuni ochib beradi Erkin - ko’chirmalar, ba’zan tezislar aralashmasidan iborat bo’ladi. Matnli - ko’pincha mantiqiy o’tishlar bilan bog’langan ko’chirmalardan tashkil topadi. Tematik - matnning butun mazmunini aks ettirmaydi, faqat muayyan, aniq mavzuni ishlaydi, qo’yilgan savolga javob beradi. Xronologik - hodisalarning o’zini ko’rsatish asosida ularning xronologik izchilligini aks ettiradi.

Iqtisodiyot magistri - bu keng bilimli mutaxassis bo’lib, u ilmiy ijod metodologiyasi va uslubiyotini, zamonaviy axborot
texnologiyalarini egallagan; turli xil iqtisodiy axborotlarni tahlil etish va sintez qilish malakasiga ega bo’ladi.
Magistratura - magistrlarni, ya’ni ilmiy-tadqiqotchilik va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlangan mutaxassislarni tayyorlash shaklidir.

Ilmiy tadqiqot uslubi – bu muayyan bilish maqsadini hisobga olgan holda muayyan bilish vazifalarini hal etishga qaratilgan aqliy va (yoki) amaliy operasiyalar (rusum-qoidalar) tizimidir.

Tadqiqot uslubiyoti (texnologiyasi) – tadqiqot usullarining bir tizimli majmui, tadqiqot uslublari, usullari, texnikalarini qo’llanish va ular yordamida olingan natijalarni talqin qilish qoidalari tizimi. Uslubiyot o’rganiladigan obyekt xarakteriga, tadqiqot metodologiyasi, maqsadlariga, ishlab chiqilgan uslublar, tadqiqotchi malakasining umumiy darajasiga bog’liq bo’ladi.

Metodologiya - bu ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatining ilmiy tamoyillari va usullari tizimi haqidagi ta’limot.

Modellashtirish — tadqiqotchilikning modelning qurilishini nazarda tutadigan nazariy uslubi.

Monitoring — bu tadqiqot natijalarining doimiy nazorat qilinishi, muntazam kuzatib borilishi.
Kuzatish - eng ko’p axborotli tadqiqot uslubi bo’lib, u bo’lgan va o’rganilayotgan jarayonlar va hodisalarni chetdan turib ko’rishga imkon beradi.

Ilmiy muammo – bu ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzuini belgilaydigan murakkab nazariy va (yoki) amaliy vazifalar majmuidir. Muammo tarmoq, tarmoqlararo, global bo’lishi mumkin.

Ilmiy ish - boshqa har qanday ishdan o’zining maqsadi yangi ilmiy bilimni olishi bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqyelik haqidagi obyektiv bilimlar ishlab chiqiladi va bir tizimga solinadi.

Ilmiy mavzu – bu yechimini talab qiladigan murakkab vazifadir. Ilmiy-tadqiqotchilik ishi mavzui mauyyan ilmiy yo’nalishga yoki ilmiy muammoga tegishli bo’lishi mumkin.

Ilmiy yo’nalish - deganda tadqiqot o’tkazish sohasidagi fan, fanlar yoki ilmiy muammolar majmui tushuniladi.

Yangilik – fanning shu tarmog’iga yoki umuman fanga ulush darajasi; natijalar har xil tusda bo’lishi mumkin –natijalar yoki ularning bir qismi yangi bo’lishi mumkin, shuningdek natijalarning katta qismi yangilik sifatida qayd qilinmasligi ham mumkin.

Tekshirish - bu tadqiq qilinayotgan obyektning u yoki boshqa darajadagi teranlik va detallashtirish bilan o’rganilishi bo’lib, bu tadqiqot maqsadlari va vazifalari bilan belgilanadi.

Umumlashtirish - muhim fikriy operasiyalardan biri bo’lib, uning natijasida obyektlar va ular munosabatlarining nisbatan barqaror xususiyatlari ajratiladi va qayd qilinadi.

Tadqiqot obyekti - bu muammoli vaziyatni yuzaga keltiradigan muayyan jarayon yoki hodisa, bu muammoning o’ziga xos tashuvchisi, tadqiqotchilik faoliyati yo’naltirilgan narsa.

Tadqiqotning obyektli sohasi – bu fan va amaliyotning tadqiqot obyekti joylashgan sohasi bo’lib, amaliyotda u, masalan, matematika, biologiya, iqtisodiyotning u yoki boshqa ilmiy ixtisosligiga muvofiq bo’lishi mumkin.

Mundarija: mavzu bayonining rejasi, kitobning ko’rsatkichi.

Tajriba ishi – birmuncha yuksak natijalarni olishni ko’zlab jarayonga oldindan belgilangan o’zgarishlar, innovasiyalarni kiritish uslubi.

Reja – eng qisqa yozuv bo’lib, u fikr bayonining izchilligini aks ettiradi va umumlashtiradi; matnning mazmunini ochib beradi; manbaning mazmunini xotirada qayta tiklaydi; konspekt va tezislar o’rnini bosadi; har xil yozuvlarni (ma’ruza, axborot, hisobot) tuzishga yordam beradi; bajarilgan __________yozuvni yaxshilaydi; o’zini o’zi nazorat qilishni tezlashtiradi; e’tiborni jamlaydi; yaxshi tanish bo’lgan matnni xotirada jonlantirish uchun ishlatiladi.

Ilmiy ish rejasi - jamuljam holida uning mohiyatini aks ettiradi. Bu muallif aytmoqchi bo’lgan narsaning sxematik ifodasidir.
Amaliy ahamiyati (qimmati) – mazkur tadqiqotchilik ishi natijalaridan amaliyotda foydalanish tusi.

So’zboshi - muallif qo’ygan vazifalar bayoni; nashr yoki qayta nashrning zaruratini asoslaydi.

Tadqiqot predmeti - obyektning aniq bir qismi bo’lib, uning ichida izlanish olib boriladi. Hodisalar, ularning ayrim tomonlari tadqiqot predmeti bo’lishi mumkin. Tadqiqotchi ilmiy izlanishlar natijasida tadqiqot obyekti haqida oladigan yangi ilmiy bilim sifatida belgilash mumkin.

So’ngso’z (xotima): yakun, qisqacha xulosalar.

Taqdimot – o’quv (ilmiy) ish yakunlari haqidagi og’zaki axborot.

Muammo bu bilim bilan bilmaslik o’rtasidagi o’ziga xos chegaradir. U oldingi bilim yetarli bo’lmagan, yangi bilim esa hozircha rivojlangan shaklga eg bo’lmagan holatda paydo bo’ladi.

Ilmiy muammo bu bilishni rivojlantirish jarayonida obyektiv tarzda vujudga keladigan masala yoki yechimi amaliy yoki nazariy manfaat kasb etadigan masalalar majmuidir. U ayni shu paytgacha erishilgan bilimlar darajasining yetarli emasligini idrok etish, qayd qilish bo’lib, bu yangi faktlar, aloqalar, qonunlarning, mavjud nazariyalardagi mantiqiy xatolarni aniqlash oqibati yoki amaliyotning olingan bilimlar doirasidan chetga chiqishni talab etadigan yangi ehtiyojlarining paydo bo’lishi oqibati hisoblanadi.

Tadqiqot dasturi bu aniq mavzu ustidagi bo’lg’usi ishning mohiyati va tarkibiy qismlari haqidagi aniq tasavvurdir.

Rezyumelash bu yakun yasashdir. Rezyume qiluvchi ibora – bu notiqning «yopilgan» tusdagi nutqi, uning bosh g’oyasi.

Muammoni hal etish yangi bilimni olish yoki u yoki boshqa hodisani izohlovchi, hodisaning xohlagan yo’nalishda rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish imkonini beradigan omillarni aniqlash demakdir.

Referat – bir yoki bir necha manbalarda mavjud bo’lgan g’oyalarning qisqacha yozuvi, u har xil nuqtai nazarlarni qiyoslash va tahlil qilish mahoratini taqozo etadi. Referatlar turlari: axborotchilik (referat – konspektlar), indikativ (referat – rezyume), monografik, tahliliy.

Referatlash: qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.

Sintez - fikriy operasiya, uning jarayonida aniqlangan elementlar va faktlardan yaxlit manzara qayta tiklanadi.

Bildirgichli apparat: tushuntirilishi lozim bo’lgan tushunchalar, atamalar, faktlar va shu kabilarga izohlar.

Qiyoslash - obyektlarning o’xshashligi va farqlarini, umumiyligi va alohidaligini aniqlash maqsadida obyektlarning qiyoslanishini nazarda tutadi.
Maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir.

Tezislar: o’qib chiqilgan (yoki og’zaki bayon qilingan) parchani takrorlaydi, lo’nda ifodalaydi va xulosalaydi; har doim dalillarga ega bo’ladi, mazmun mohiyatini aniqlaydi; materialni umumlashtirish imkonini beradi; maqola, ma’ruza, dissertasiyani tanqidiy tahlil etishda qimmatlidir.
Tezislar turlari:
oddiy – ko’pincha ko’chirmalardan iborat bo’ladi, asosiy – odatda muallif tomonidan mustaqil ifodalanadi, murakkab – o’zida ikki turdagi yozuvni chatishtiradi.

Nazariy asos – mazkur tadqiqot tayanadigan konseptual qoidalar (g’oyalar, tamoyillar).

Muammoning ifodalanishi — bu, o’z mohiyatiga ko’ra, ilmiy tadqiqot mazmunining kristallashtirilishidir. Shuning uchun muammoning to’g’ri qo’yilishi — butun ish muvaffaqiyatining garovidir.

Tadqiqot maqsadi - bu tadqiqotchi o’z ishini yakunlashda erishishni xohlagan pirovard natijadir. Faraz asosida ifodalanadi.

Mutolaa – bu nutqiy faoliyatning murakkab turi bo’lib, sof texnik jihati – mutolaa qilish va tez o’qish malakalarini orttirish va ijodiy jihati – matndan zarur axborotlarni olishdan iborat.

O’rganish uchun mutolaa – mutolaaning faol turi. Siz asarni diqqat bilan, ayrim joylari ustida biroz to’xtalib va axborotlarni mushohadadan o’tkazib o’qish hollarida bunday tur ishlatiladi.

Matn bilan tanishib (tanlangan joylarni o’qish) - necha manbalardan ayrim masalalarni ajratib olish, shuningdek mazkur masala bo’yicha o’zining nuqtai nazarini hosil qilish maqsadida olingan axborotlarni qiyoslash va solishtirish uchun qo’llaniladi.

Ko’zdan kechirish uchun mutolaa - Matn bilan tanishib chiqish va o’rganishdan oldin odatda kitobga ko’z yugurtirib chiqiladi. Kitobning mazmuni, boblar yoki paragraflar nomlari, aspr muallifi bilan tanishib olish shunday qilinadi.

Tajriba - umumiy empirik tadqiqot uslubi bo’lib, u boshqariladigan sharoitda o’rganilayotgan obyektlar ustidan qat’iy
nazorat yuritilishiga asoslanadi.

Esse – bu muallifning alohida individual pozisiyasiga ega erkin shakldagi bayon bo’lib, qandaydir buyum yoki qandaydir sabab bo’yicha umumiy yoki oldindan bildirilgan fikr-mulohazalardan iboratdir.

Dalillangan esse – bu qo’yilgan savolga dalillangan javob mavjud bo’lgan yozma ishdir. Muallif muayyan pozisiyaga ega va uni himoya qiladi, o’z pozisiyasini quvvatlash uchun bir qator dalillarni taqdim etadi.

Maqsad – muallif o’zi qo’llaydigan nuqtai nazarga boshqalarni ham ishontirishni xohlaydi.

MUNDARIJA