MAGISTRLIK DISSERTASIYASI MAVZUINI IFODALASHNING PROSESSUAL TUZILMASI

1. Tadqiqot obyektini belgilash

Tadqiqotning obyektli sohasi – bu fan va amaliyotning tadqiqot obyekti joylashgan sohasi bo’lib, amaliyotda u, masalan, matematika, biologiya, iqtisodiyotning u yoki boshqa ilmiy ixtisosligiga muvofiq bo’lishi mumkin.
Tadqiqot obyekti – bu muammoli vaziyatni yuzaga keltiradigan muayyan jarayon yoki hodisa, bu muammoning o’ziga xos tashuvchisi, tadqiqotchilik faoliyati yo’naltirilgan narsa.
Real olamning olim tadqiqot uchun tanlagan sohasi tadqiqot obyekti deb ataladi.

Misollar.
O’zbekistonning shakllanib kelayotgan konsalting xizmatlari bozori tadqiqot obyekti hisoblanadi.
O’zbekistonning qora metallurgiya sanoat korxonalari tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Osiyoning yangi sanoat mamlakatlari va O’zbekiston Respublikasi tadqiqot obyekti hisoblanadi.

2. Tadqiqot predmetini belgilash


Tadqiqot predmeti obyektning aniq bir qismi bo’lib, uning ichida izlanish olib boriladi. Hodisalar, ularning ayrim tomonlari tadqiqot predmeti bo’lishi mumkin.
Tadqiqot predmetini tadqiqotchi ilmiy izlanishlar natijasida tadqiqot obyekti haqida oladigan yangi ilmiy bilim sifatida
belgilash mumkin.
Agar tadqiqot obyekti haqidagi yangi ilmiy bilimni olish vositasi ham yangilikning muhim belgilariga ega bo’lsa, unda ana shu vosita ham tadqiqot predmeti tarkibiga kirishi mumkin.
Tadqiqot predmeti bu magistrant tadqiqot obyektiga qarash uchun asos qilib oladigan nuqtai nazardir.

Misollar.
Bozor infratuzilmasining g’oyat muhim tizim hosil qiluvchi elementi sifatidagi konsalting faoliyatining shakllanishi, faoliyat yuritishi qonuniyatlari, uning rivojlanishi jarayonlarining shakllanishi va boshqarish tendensiyalari tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Sanoat korxonalarining faoliyat yuritishi samaradorligini oshirish mexanizmi sifatidagi strategik rejalashtirish vositalari tadqiqot predmeti bo’lib xizmat qiladi.
Sanoatlashtirish davrida yangi sanoat mamlakatlarining iqtisodiyotini rivojlantirish jarayonida vujudga keladigan tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tadqiqot predmeti hisoblanadi.

Tadqiqot obyekti va predmeti o’zaro bir-biri bilan umumiy va xususiy sifatida munosabatda bo’ladi. Tadqiqot predmeti, odatda, tadqiqot obyekti doirasida bo’ladi. Boshqacha aytganda, magistrant ish mavzusi tadqiqot predmetini tadqiqot obyekti orqali belgilashi, uning ajralib turuvchi belgilarini ajratib ko’rsatishi kerak.

3. Ishning yo’nalishini («tadqiqot burchagini») belgilash

Ish yo’nalishining ifodasidagi «klishelashgan» iboralar va so’z birikmalari:

  •  «vazifa yechimi,…»
  •  «ishlanma,…»
  •  «asoslash,…»
  •  «samaradorlikning oshishi,…»
  •  «takomillashtirish,…»
  •  «optimallashtirish,…»
  •  «xarajatlarning kamayishi va h.,…»
     

4. Ish nomining ifodalanishi

Dissertasiya ishining nomi tadqiqotning obyekt sohasi, obyekti, predmeti va yo’nalishi asosida lo’nda va aniq ifodalanadi. Barcha ekspertlar va opponentlarning dissertasiya natijalarining tusi Dissertasiya nomini shunga qarab ifodalash lozim.
Mavzu nomida quyidagi so’zlarni ishlatmagan ma’qul: «masalalari», «muammolari», «tadqiq qilinishi», «o’rganilishi» va h., chunki ular pirovard natijani aniq ifodalay olmaydi. Muammoning qay darajada hal qilinganligi yoki o’rganish, tadqiqotning nima bilan tugaganligi noma’lum.

Misollar.
«O’zbekistonda konsalting xizmatlari bozorini takomillashtirish yo’llari».
«O’zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarida strategik rejalashtirish samaradorligi».
«Osiyodagi yangi sanoat mamlakatlarini iqtisodiy rivojlantirishning raqobatbardoshlik strategiyalari va ularning O’zbekiston sharoitiga ko’nikish imkoniyatlari».

Dissertasiya uchun nomaqbul mavzular

  •  Men ishlaydigan tashkilot mahsulotlari uchun kelgusi bozor salohiyati.
  •  Restoran uchun kichik biznes-reja.
  •  Moliyaviy hisob-kitoblar uchun yangi dasturiy ta’minotning joriy etilishi.
  •  Aktivlar qiymatining beqarorligini o’lchash uchun yangi algoritm.
  •  Fond bozorida narxlar o’zgarishini bashorat qilish.
     

Dissertasiya nomining umumlashtirilgan tuzilmasi:

Yo’nalish
«Vazifa yechimi...». «Ishlanma...». «Optimallashtirish...». «Asoslash...». «Yaxshilash..». «Oshirish...» .

Tadqiqot obyekti

«…texnologiyalar ..», «…nazariyalar ...», «…amaliyotlar ...», «…modellashtirilishi..».

Tadqiqot predmeti

MUNDARIJA