ILMIY ISH MAVZUINI IFODALASHNI BELGILOVCHI TAMOYILLAR VA TALABLAR

Dolzarblik Yangilik, jamiyat hayoti bilan bog’liqlik, yetilgan ziddiyat.

Aniqlik Tipik kamchiliklari: mavzuning asossiz kengligi, global tusdagi mavzu ifodalanishida mavhumlik. Masalan, agar «Davlat boshqaruvi» mavzui tanlanadigan bo’lsa, unda bunday mavzu ilmiy ish uchun yaramaydi, haddan ortiq mavhum bo’ladi. Birmuncha torroq mavzuni tanlagan ma’qulroq.

Muammolilik «O’zbekistonning soliq siyosati» mavzui o’quv ishi (referat, kurs yoki diplom ishi) uchun bo’lishi mumkin, lekin uning nomida muammo yo’q. Hatto o’quv maqsadlari uchun ham qandaydir aniq bir jihatni olgan yaxshi: «O’zbekistonning soliq siyosati davlat boshqaruvi vositasi sifatida». Bunda muammo yaqqol ko’rinib turibdi: davlatning
soliqlarni o’zgartirish yordamida ijtimoiy jarayonlarni boshqarishi qanday amalga oshirilmoqda. Ilmiy ish uchun undan ham aniqrok mavzuni tanlagan ma’qul: «Soliq siyosati yordamida kichik va o’rta biznesni rag’batlantirish». Aniqlangan mavzuga muvofiq ravishda aniq-ravshan ifodalangan maqsad shakllantiriladi.

Tushunchalarning aniqligi Masalan, «rivojlanishning o’sishi», «ma’noning pasayishi», «muammo falsafasi», «jozibadorlik jozibasi» kabi va boshqa ikki xil ma’noli va noaniq ifodalarni ishlatmaslik kerak.

Lo’ndalik «Qoraqalpog’iston Respublikasida transport infratuzilmasining rivojlanishi va mintaqada bozor iqtisodiyoti sharoitida turizmni rivojlantirish istiqbollari». Bunday nom to’g’ri va ishlatish mumkin, lekin juda uzun. Uni qisqaroq ifodalagan ma’qul: «Qoraqalpog’istonda transport va turizmning rivojlanishi». Birinchi nom ancha aniqroq, lekin idrok etish qiyinroq. Darvoqye, qisqa nomning ham o’z kamchiliklari bo’ladi, ularni keyin ma’ruzada izohlashga to’g’ri keladi, shuning uchun muallif aniqlik yoki qisqalikni tanlashi kerak bo’ladi, yaxshisi esa har ikkalasini ham o’z joyida qo’llagan yaxshi.

Tadqiqot mavzuini ifodalashga talablar
Mavzu nomida odatda quyidagilar bo’ladi:
- «tadqiqot burchagi» - ishning yo’nalishi;
- tadqiqot obyekti;
- tadqiqot predmeti (tadqiqot obyekti haqidagi yangi bilim va magistrantning ana shu bilimni aniqlashga qaratilgan ishi bo’lib, u yangi amal usulini, hisob-kitob modeli, tadqiqot uslubi, o’rganish yoki qurish metodologiyasi, konsepsiyasini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi);
- dissertasiya ishining dissertasiya natijalari tusini belgilaydigan malakaviy belgisi jihati.

Mavzuning nomi quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin


Sizning qandaydir yangi ishni tadqiq qilayotganingizni tasdiqlovchi savol
• Qanday tabaqalovchi omillar xalqaro autsorsingni muvaffaqiyatli qilishi mumkin?
• Kompaniyaning elektron boshqarilishi: bu xarajatlarning kamayishiga olib kelishi mumkinmi?
• Tadbirkorlarni qiziqtirish uchun qanday omillar eng muhim hisoblanadi?
• Doimiy transformasiya: u tashkilotning rivojlanishini qo’llab turishi mumkinmi?
«A tashkilot misolida» jumlasining davomi
• A kompaniyasi qanday qilib qo’shilish va o’z ichiga kiritish jarayonidan foyda hosil qildi?
• Psixologik shartnoma: A banki misolida
• Multimilliy kompaniyada bilimlarning samarali transferi, A kompaniyasi misolida
• A banki Bazel 2 uchun IT-potensiali yuzasidan qanchalik yaxshi tayyorlangan?
«Strategik» xarakterga ko’rsatma, ya’ni sizning tashkilotning kelajagi bilan aloqaga ko’rsatma va oliy rahbariyatni u bilan qiziqtirish
• Ijaraga beruvchi va iste’molchi: xususiy sektorda ijarani boshqarishning yangi istiqbollari
• Restoran biznesini rivojlantirish strategiyasi: o’z ichiga kiritib olish yoki xalqaro o’sish?
• SEOO konsepsiyasi: farmasevtik kompaniyaning IT va TKIdan samaraning kamayishiga nisbatan javobi
• Inson resurslarini boshqarish biznes-jarayonlar reinjiniringining asosiy elementi sifatida ko’rib chiqilishi kerakmi?
Aktivlarni boshqarishning yangicha boshqaruvchilik tizimini rivojlantirish.

MAVZU dissertasiya nomini va magistrantning uning ustidagi ishi yo’nalishini belgilaydi.

MUNDARIJA