TADQIQOTNING AMALIY AHAMIYATINI BELGILASH VA ASOSLASH

Dissertasiyaning amaliy ahamiyati ko’p jihatdan magistrant bajaradigan tadqiqot xarakteri bilan belgilanadi: nazariy va metodologik tusdagi dissertasiyalar uslubiy yoki amaliy tusdagi dissertasiyalarga nisbatan ko’proq bevosita amaliy ahamiyatga ega bo’ladi.

Amaliy ahamiyatning namoyon bo’lishi shakllari

Tadqiqotning nazariy va metodologik xususiyati:

  • Tadqiqot asosiy natijalarining ilmiy maqolalar, monografiyalar, darsliklarda e’lon qilinishi
  • Mualliflik guvohnomalari, tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishi haqidagi hujjatlar mavjudligi
  • Xalq xo’jaligining u yoki boshqa tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha davlat va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishida qatnashish
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy konferensiyalar va simpoziumlarda sinalishi
  • Ilmiy ishlanmalarning oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari o’quv jarayonida qo’llanilishi
  • Tadqiqot natijalarining yangi me’yoriy va uslubiy hujjatlarni tayyorlashda ishlatilishi
     

Tadqiqot- ning uslubiy yoki amaliy xususiyat:

  • Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, yuridik tartibga solish tizimlarini takomillashtirish bo’yicha takliflar
  • Iqtisodiy mexanizmni, ijtimoiy jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar
  • Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, birlashmalar yoki boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan yoki qo’llanishga tavsiya etilgan me’yoriy va uslubiy hujjatlar
     

Misol.
Ishning amaliy ahamiyati. Dissertasiya tadqiqoti natijalari, bir tomondan, davlat organlari tomonidan mamlakatning uzoq muddatli iqtisodiy siyosati maqsadlariga muvofiq ravishda konsalting xizmatlari bozorini tartibga solish maqsadida, boshqa tomondan, bozorning kasbiy ishtirokchilari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga ko’maklashishga doir xizmatlarni ko’rsatish jarayonini faollashtirish va takomillashtirish uchun qo’llanilishi mumkin.

Mustaqil ish.

Magistrlik dissertasiyasiga mualliflik annotasiyasini tanlang, u bilan diqqat bilan tanishing va quyidagi savollarga javob bering:
1. Mavzuning ifodalanishi qo’yilgan talablarga mos keladimi? Bu nimada namoyon bo’ladi?
Mavzu nomi qanday axborotni o’z ichiga oladi?
Ushbu mavzu magistrlik dissertasiyasi uchun yaroqlimi? Nima uchun?
2. Tadqiqotning obyektli sohasi qanday? Muallif tadqiqot obyekti sifatida nimani tanlagan?
3. Tadqiqot predmeti to’g’ri belgilanganmi?
4. Tadqiqotning dolzarbligi asoslangan va dalillanganmi?
5. Tadqiqotning yangiligi aniq ifodalanganmi? Bu nimada namoyon bo’ladi?
6. Tadqiqotning amaliy ahamiyati taqdim etilganmi? U qanday shakllarda namoyon bo’ladi?


 

MUNDARIJA