TADQIQOT MUAMMOSINI IFODALAShNING PROSESSUAL TUZILMASI

  1. Mavzu – muammo ko’rib chiqiladigan yondashuv. U o’rganish obyektini shu ish uchun xos bo’lgan muayyan jihatda taqdim etadi.
  2. Mavzuning lo’nda bayonda dolzarblashtirilishida quyidagilar ko’rsatiladi;
  • tanlangan mavzu jihatidan olganda ilmiy fan nazariyasi va amaliyoti oldida aniq sharoitlarda qanday vazifalar turibdi:
  • oldingi tadqiqotchilar tomonidan nimalar bajarilgan (umuman, konspek- tiv bayonda);
  • ushbu dissertasiya tadqiqotida nimalarni bajarish kerak bo’ladi.

       3.  Shu asosda yagona obyekt va uning holatlari ichida o’zaro bir-birini istisno etadigan va o’zaro bir-biriga singib ketadigan ziddiyatlarning o’zaro harakati sifatidagi ziddiyat ifodalanadi.

Ziddiyat quyidagilarda ifodalanishi mumkin:

  • bir obyektga nisbatan ikki tushunchaning bir-biriga mos kelmasligida yoki o’zaro bir-birini istisno qilishida;
  • jarayonning kechishini turlicha tushunishda va izohlashda;
  • qandaydir kattaliklarning muayyan omillarga bog’liqligi yoki bog’liq emasligi haqidagi nuqtai nazarlarda;
  • qandaydir ziddiyatlar o’rtasidagi albatta bir tadqiqot obyekti yuzasidan kelishmovchilik, muvofiq bo’lmaslik sifatida.

        4.  Shu paytgacha hech kim tomonidan yechimi aniqlanmagan amaliy vazifalarga nisbatan o’zgarib turuvchi sharoitlarda ilmiy yondashuvning zarurligi asoslanadi.

       5.  Aniqlangan ziddiyat va uni hal etish uchun ilmiy yondashuvning zarurligini asoslash asosida dissertasiya tadqiqoti muammosi ifodalanadi.

Muammoning ifodalanishi – muhim bosqich, chunki agar savol noto’g’ri berilgan bo’lsa, unda yangi natijani kutish behuda.

Bunda nafaqat yangicha ifodani izlash, balki masalani muammoli tarzda qo’yish kerakki, buning uchun ish nomida ikkita markaziy kategoriyalar berilishi va ular o’rtasida muammoli nisbat bo’lishi kerak.

Muammoli turli usullar, shu jumladan quyidagicha bog’lovchilar bilan beriladi:

«va» («…iqtisodiyot va madaniyat…»),

«sifatida» («soliq siyosati kichik biznesni rag’batlantirish vositasi sifatida) va hokazo.

 

Misol.

Ilmiy tadqiqot muammosi. O’zbekistonda hozirgi vaqtda kasbiy konsaltingni tashkil etishga yordam beradigan jarayonlar yuz bermoqda. Ayni bir paytda, ayrim tahlilchilarning baholashlariga ko’ra, O’zbekistondagi kasbiy konsalting xizmatlari bozorining kamida 30% ni xorijiy firmalar band qilgan. Bunda davlat tashkilotlari, shuningdek tijorat banklari va kompaniyalar-eksportchilar xorijlik maslahatchilar va auditorlar bilan ishlashga intilishadi. Bularning hammasi shundan dalolat beradiki, O’zbekistonda to’laqonli konsalting xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish ishlarini faollashtirish zarur. O’zbekiston iqtisodiyotining Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan milliy g’oya va davlat siyosati sifatida 1991 yilda mustaqillik qo’lga kiritilganidan so’ng boshlab yuborilgan islohotlarining asosiy maqsadi to’laqonli infratuzilmani rivojlantirish va qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish vositasida barqaror faoliyat yuritadigan chinakam bozor munosabatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek bu islohotlar respublikaning xalqaro hamjamiyat tarkibiga integrasiyalashuv va globallashuvning obyektiv jarayonlarining to’la huquqli ishtirokchisi sifatida kirib borishiga yordam berishi kerak. Konsalting sohasidagi xorijdagi metodologik yondashuvlar va mahalliy ishlanmalar asosida korxonalarning aniq biznes-muammolarini hal etishga nisbatan kasbiy va bir tizimli yondasha oladigan mustaqil maslahatchilarni jalb qilish yuzasidan hamma joyda qo’llanilayotgan amaliyot ana shu vazifalarning yechimiga ko’maklashishi kerak.

Biroq obyektiv sabablarga ko’ra O’zbekistonda konsalting xizmatlari bozorining ravnaqi haqida gapirishga hali ertaroq. Masalan, mavjud ahvolni baholashda bir qator xarakterli muammolarni ajratib ko’rsatish mumkin:

  • konsaltingning hamma yo’nalishlari ham mahalliy maslahatchilar tomonidan qamrab olinmangan; -
  • barcha maslahatchilik firmalari ham aniq ixtisoslashmagan;
  • ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati ba’zan ancha past; xizmatlarning barcha turlari bo’yicha barqaror doiralar yo’q; -
  • xizmatlarning ayrim turlari narxlarida katta farqlar bor. Bundan tashqari, konsaltingning xizmatlar sohasi sifatidagi o’ziga xos xususiyatini, ya’ni aynan xizmatlarni taqdim etish jarayonidagi shaffof emaslik va muhlatlarning noaniqligini, shuningdek xizmatlarni ko’rsatish natijalari va samaradorligini obyektiv baholashdagi qiyinchiliklarni hisobga olib, O’zbekistonda tashqi maslahatchilarni faol jalb qilish biznes-madaniyati va, binobarin, bunday maslahatlarga munosib haq to’lash an’analari hozircha yetarlicha rivojlanmasdan qolmoqda.

 

Mustaqil ish.

Magistrlik dissertasiyasining tanlangan mualliflik annotasiyasi bilan ishlashni davom ettiring.

Savollarga javob bering:

1. Tadqiqot muammosi aniq ifodalanganmi? Uni ifodalang.

2. Muammo qanday ziddiyatning oqibati hisoblanadi? Bunday ziddiyatni ko’rsating.

3. Bu muammo ilgari o’rganilganmi? Kim tomonidan? Dissertasiya muammosi bo’yicha mavjud mualliflik pozisiyalari qanday? Qanday vazifalar hal etilmagan va ilmiy yondashuvni talab qiladi?

MUNDARIJA