5-. QOSHIMCHA QULOSA OLISH UCHUN OAK YUBORGAN DISSERTASIYANI KORIB CHIQISHDA KENGASH MAJLISINI OTKAZISH

29. Qo’shimcha xulosa olish uchun yuborilgan dissertasiya, zarur hollarda, attestasiya hujjatlari bilan birga olingandan keyin u ikki oy muddat mobaynida kengash tomonidan ko’rib chiqiladi. Kengash dissertasiyani ko’rib chiqishdan avval kengash a’zolaridan iborat bo’lgan komissiyaga himoya qiluvchining dissertasiyasi va zarur hollarda, attestasiya hujjatlari bilan tanishib chiqishni hamda kengashga dissertasiya yuzasidan xulosa loyihasini topshirishni, shuningdek, zarur hollarda, ekspertizaning oldingi bosqichlarida aytilgan tanqidiy fikrlarga baho berishni topshiradi.
Kengash majlisiga himoya qiluvchi taklif etiladi, u komissiya xulosasi bilan oldindan tanishtirilgan bo’lishi kerak. Majlisda himoya qiluvchining opponentlari, yetakchi tashkilot vakillari hamda zarur hollarda, kengash taklif qiladigan boshqa shaxslar qatnashishlari mumkin. Kengash a’zolarining hozir bo’lganliklari (ularning ixtisosliklari ko’rsatilgan holda) majlis stenogrammasida aks etishi lozim.
30. Kengash majlisini ochish paytida rais qayd etish varaqasi (4.4-shakl) asosida kengash a’zolarini majlisning vakolatliligi haqida xabardor qiladi.
Rais majlisni ochgandan keyin himoya qiluvchining qo’shimcha xulosa uchun yuborilgan dissertasiyasi ko’rib chiqilishini e’lon qiladi, dissertasiyaning nomini, dissertasiya himoyasi o’tgan kengashni, rasmiy opponentlarning familiyasi va yetakchi tashkilotni ko’rsatib o’tadi.
So’ngra ilmiy kotibga so’z beriladi, u himoya qiluvchining attestasiya hujjatlari asosiy mazmunini qisqacha aytib beradi.
31. Himoya qiluvchi dissertasiyaning mohiyatini va asosiy qoidalarini bayon etadi. Shundan keyin himoya qiluvchiga og’zaki yoki yozma savollar berilishi mumkin.
32. Dissertasiya va attestasiya materiallari bilan tanishib chiqish topshirilgan kengash a’zolaridan birining so’zlashi bilan muhokama boshlanadi. Kengash majlisida qatnashayotganlarning hammasi ham muhokamada so’zlash huquqiga egadir. Muhokama tugagandan so’ng himoya qiluvchiga so’z beriladi.
33. Muhokama tugagach, kengash ushbu Nizomning 4-§ida belgilangan tartibga binoan dissertasiyaning "Ilmiy darajalar berish to’g’risida Nizom"ning 8- yoki 9-bandlari talablariga muvofiqligi xususidagi masala yuzasidan yashirin ovoz berishni o’tkazadi. Ovoz berish byulleten (4.5-shakl) asosida o’tkaziladi. Kengash qarori, agar kengash majlisida hal qiluvchi ovoz bilan qatnashgan a’zolarining oddiy ko’pchiligi yoqlab ovoz bergan bo’lsa, ijobiy deb hisoblanadi.
34. Hisob komissiyasining bayonnomasi tasdiqlangandan so’ng kengash ochiq ovoz berish asosida majlisda qatnashgan kengash a’zolarining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qo’shimcha xulosa matnini qabul qiladi, unda ushbu dissertasiya "Ilmiy darajalar berish tartibi to’g’risidagi Nizom"ning 8- yoki 9-bandlaridan qay birining talablariga javob berishi yoki javob bermasligi ko’rsatiladi, shuningdek, ekspertizaning avvalgi bosqichlarida aytilgan tanqidiy fikrlarga baho beriladi.
Qo’shimcha xulosa matni tasdiqlangandan keyin himoya qiluvchiga ma’lum qilinadi. Shu bilan kengash majlisi nihoyasiga yetadi.
35. Yashirin ovoz berish natijalari ko’rsatilgan hamda kengash raisi va ilmiy kotibi imzolagan stenogramma va qo’shimcha xulosaning matni himoya qiluvchining dissertasiyasi hamda attestasiya hujjatlari bilan birga uch hafta ichida OAKga yuboriladi.
 

Bosh sahifaga