FARAZNING ILGARI SURILISHI VA IFODALANISHI

Siz bu bobda «faraz» tushunchasining nima ekanligi, farazlarning qanday turlari mavjudligi, ularning ahamiyati va roli nimadan iboratligini bilib olasiz, farazlarni ilgari surish, tekshirish va ifodalash qoidalari bilan tanishasiz.

«FARAZ» TUSHUNCHASI MAZMUNI

Biz muammoga duch kelishimiz hamon miyamiz uni hal qilish usullarini qurishga – FARAZLARNI KASHF QILISHGA kirishadi.

Faraz (gipoteza) (qadimgi grek tilidan - asos, taxmin) — oldindan o’rganilgan faktlar, hodisalar, jarayonlarning muayyan majmuiga asoslangan, ularni izohlash uchun ilgari suriladigan va tasdiqlanishi yoki inkor etilishi lozim bo’ladigan nazariy taxmin.

Tadqiqot farazi – bu bevosita kuzatilayotgan hodisa, o’rganilayotgan hodisaning tuzilishi yoki uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar xususiyati haqidagi ilmiy asoslangan taxmindir. Farazlar mavjud faktlar asosida ishlab chiqiladi.

Xulosa sifatidagi faraz obyektiv voqyelikda o’z ildizlariga ega bo’ladi, fikrning bevosita kuzatilayotgan hodisalardan ularning sababli izohlanishigacha bo’lgan harakati hisoblanadi.

Farazning tabaqalashtiruvchi belgilari

  • farazning uni yaratish uchun asos bo’lgan va asoslanishi uchun yaratilgan faktlarga muvofiqligi
  • tekshiriluvchanligi
  • imkoni boricha kengroq hodisalar doirasiga nisbatan nisbat berilishi mumkinligi
  • nisbatan soddaligi
  • mazmunida muammoni hal etish usullari va natijalari haqidagi taxminning mavjudligi
  • mantiqan zid kelmasligi
  • natijaga yo’naltirilganligi

MUNDARIJA