TADQIQOT VAZIFALARI TUSHUNCHASI MAZMUNI

 Tadqiqot vazifalari bu ilgari surilgan farazga muvofiq maqsadga erishish uchun yo’llar va vositalarning tanlanishidir.

Vazifalarni maqsadga erishish uchun qilinishi zarur bo’lgan narsaning tasdiqlanishi shaklida ifodalash eng ma’qul variantidir.

Vazifalarning qo’yilishi tadqiqot maqsadining kichik maqsadlarga bo’linishiga asoslanadi. Vazifalarning sanab o’tilishi unchalik murakkab bo’lmagan vazifalardan eng murakkab, ko’proq mehnat talab qiladigan vazifalarga tomon yurish tamoyili bo’yicha quriladi, ularning soni esa tadqiqotning teranligi bilan belgilanadi.

Vazifalarni juda sinchiklab ifodalash zarur, chunki keyinchalik ular yechimlarining bayoni boblar mazmunini tashkil etadi. Boblar sarlavhalari ayni shu vazifalar ifodalaridan hosil bo’ladi.

Ilmiy tadqiqotning tipik vazifalari

  • tadqiq qilinayotgan hodisani bayon qilish
  • sabablar va shartlarni aniqlash
  • sabablarni izohlash tadqiq qilinayotgan hodisalarning tasnifini qurish
  • qonuniyatni aniqlash va asoslash
  • mazmunni tushunish va izohlash
  • aniqlangan, bayon qilingan va izohlangan hodisa uchun nom berish (ya’ni yangi atamani ilmiy muomalaga kiritish).