-
Ma’lum g’oyalarning chuqurlashtirilishi, ularning foydasiga mantiqiy va amaliy tusdagi qo’shimcha dalillarning keltirilishi, yangi hayotiy faktlar yoki raqiblarning dalillari munosabati bilan ularning himoya qilinishi;
-
masalaning rivojlangan nazariyasining yaratilishi, unga ma’lum g’oyalar asosida amaliy tusdagi faktlarning qo’shilishi;
-
yangi g’oyalarning ilgari surilishi, yangi takliflarning ishlab chiqilishi, yangi xulosalarning olinishi, yangi shakllar va qonuniyatlarning ochilishi, eski xulosalar va qoidalarning qayta ko’rib chiqilishi, shakllar, kategoriyalar, qonunlarning yangicha talqin qilinishi;
-
yangi nazariyalar, konsepsiyalarning ifodalanishi.
Adabiyotlarga murojaat etish, ularning tanlanishi, ular ustidagi ishning mantiqiyligi va izchilligi muammoning o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi, sizning sa’y-harakatlaringizning aniqligi va samaradorligi esa muammoning qo’yilishining aniqligi va mantiqan to’g’riligiga bog’liq bo’ladi.