9-maruza Mavzu: Ilmiy ijodda yangi ilmiy-texnik yechimlarni izlash metodlari, natijalarni rasmiylashtirish va axborot berish

9-ma’ruza
Mavzu: Ilmiy ijodda yangi ilmiy-texnik yechimlarni izlash metodlari, natijalarni rasmiylashtirish va axborot berish

Reja
1. Ilmiy tadqiqot ishlari to’g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish
2. Ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish asosi
3. Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash

9.1. Ilmiy tadqiqot ishlari to’g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish
Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI) to’g’risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish umumiy talablari, shakli va qoidalari umumqabul qilingan mezonlarda belgilangan.
ITI hisobotlariga quyidagi talablar qo’yiladi:
- tuzilishining aniqligi;
- materiallarni bayon qilishning mantiqiy ketma-ketligi;
- dalillashning ishonchliligi;
- ifodalashning qisqa va aniqligi;
- ish natijalari bayonining aniqligi;
- xulosalarning isbotlanishi va tavsiyalarning asosliligi.
Hisobotlarni rasmiylashtirish umumiy talablari va qoidalari "ilmiy tadqiqot ishlari to’g’risidagi hisobot" bo’yicha Davlat standarti 7.32-91 da berilgan.
ITI haqidagi hisobot quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- bosh varaq;
- bajarilgan ishlarning qisqacha mazmunli bajaruvchilar
ro’yxati;
- referat;
- mundarija (sarlavha);
- qisqartmalar, belgilar va maxsus terminlar ro’yxati, zarur holda ularga tushuntirish beriladi;
- asosiy qism;
- adabiyotlar ro’yxati;
- ilova.
Referat o’tkazilgan ITI asosiy mazmunini ifodalash kerak, unda hisobotning hajmi, tasvirlar miqdori va tavsifi, jadvallar miqdori, hisobot yozilgan til, asosiy so’zlar ro’yxati va referat matni haqidagi ma’lumot bo’lishi lozim.
Referat matni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- bajarilgan ish ifodalovchi asosiy qism;
- referat asosiy qismi mazmunini ochib beruvchi aniq
ma’lumotlar;
- olingan natijalarning o’ziga xosligi, samaradorligi, qo’llanilishi mumkin bo’lgan sohalarga taalluqli qisqacha xulosalar.
Referatning eng maqbul hajmi 1100-1200 bosma belgi. Hisobotning asosiy qismi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
- kirish;
- analitik sharx (masalaning qo’yilishi);
- ishning tanlangan yo’nalishini asoslash;
- bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarini ifodalovchi hisobot bo’limlari;
- xulosa (xulosa va takliflar).

9.2. Ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish asosi
Kirish ish bag’ishlangan ilmiy-texnikaviy muammo (masala)ning zamonaviy ahvolini, shuningdek ishni maqsadini qisqacha tavsiflash kerak. Kirish qismida tavsiflanayotgan ishdagi yangilik va dolzarblik nimadan iboratligini bayon etish va uni o’tkazish zarurligini asoslash zarur.
Analitik sharxda tadqiqotni metodikasi va hal etish vositalari bo’yicha adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar, ITI oldida turgan masalani yangicha hal etish yo’llari bayon qilinishi lozim. Ishning tanlangan yo’lini asoslash boshqa mumkin bo’lgan yo’nalishlarga taqqoslash bo’yicha afzalliklariga asoslanadi. ITI tanlangan yo’nalishi va ishchi gipoteza ITI o’tkazish aniq shartlarini hisobga olgan holda analitik sharxda mavjud bo’lgan tavsiyalarga asoslanishi kerak. ITI ning tanlangan yo’lini asoslash ishning maqsadga muvofiqligi (yoki zarurligi)ni asoslash bilan almashtirmasligi kerak. ITI tanlangan yo’nalishi tegishli topshiriklar bilan asoslanmasligi lozim.
Bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarni ifodalovchi hisobotning qismlari barcha oraliq va yakuniy natijalar, shu jumladan salbiylari bilan birgalikda to’la va tadrijiy tarzda bayon etilishi kerak.
Tadqiqot metodikasi tadqiqot o’tkazish metodologiyasini tanlashni asoslanishini, bunda foydalanilayotgan yohud ishlab chiqilayotgan texnikaviy vositalar, matematik yohud tadqiqot natijalarini ishlab chiqishning boshqa metodini asoslangan informasiyaning tegishli manbaiga havola qilingan holda o’z ichiga olishi kerak.
Mazmun va bajarilgan ish natijalari qismida quyidagilar ko’rsatilishi lozim: maqsad, muayyan eksperimentlar programmasining, ular mohiyatining tavsifi; olingan ma’lumotlar aniqligi va ishonchligi baholanishi hamda nazariy ma’lumotlar bilan taqqoslanishi. Bunday taqqoslash bo’lmaganda u hol asoslanishi kerak. Olingan natijalar ta’kidlanishi va ularni qo’llanilish imkoniyati tavsiflanishi zarur.
Ilovada asosiy matnga qo’shilganda ko’p joyni egallaydigan ko’shimcha materiallar beriladi. Quyidagilar ana shunday materiallar hisoblanadi:
- oraliq matematik qistirmalar va hisob-kitoblar;
- yordamchi raqamli ma’lumotlar jadvali;
- sinov bayoni va hujjatlari;
- eksperiment o’tkazishda qo’llanilgan apparatlar va priborlar tavsifi, o’lchashlar va sinashlar;
- joriy texnikaviy yechimlar yo’riqnomasi, metodikasi, tavsifi, qo’shimcha tarzdagi tasvirlar va sh. k.
Matn qismi, tasvirlar, jadval va formulalar ilmiy tadqiqot ishi haqidagi hisobotni rasmiylashtirish qoidalariga bo’lgan me’yoriy talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Hisobotda beriladigan tasvirlar miqdori mazmuniga ko’ra belgilanadi va bayon etilayotgan material ravshan va aniq bo’lishi uchun yetarli miqdorda berilishi lozim. Tasvirlar shunday tayyorlanishi kerakki, qismlari va yozuvlar sifatli reproduksiya yoki kompyuterda aks ettirish imkonini ta’minlaydigan bo’lishi lozim. Mikrofilmi tayyorlanishi zarur bo’lgan hisobotlar uchun shtrixli tasvirlar va fotosuratlarni asl nusxasi qo’shimcha qilinishi kerak. Nusxa va rangli rasmlar qo’shilmaydi.
Barcha tasvirlar (fotografiya, tarxlar, chizmalar va b.) ras-mlar deb ataladi. Rasmlar har bir qism ichida arab raqamlari bilan tadrijiy ravishda raqamlanadi. Rasm raqami bob tartib raqami va rasm tartib raqamidan iborat, bir-biri bilan nuqta yordamida ajratilgan bo’lishi kerak. Masalan, «2.01-rasm».
Hisobot matnida rasmga havola qilinganda uning aniq tartib raqamini ko’rsatish kerak, masalan «2.01-rasm», «2.02-rasm».
Rasmlar ularga matnda havola qilingandan so’ng xisobot tekstida ketma-ket joylashtiriladi. Rasmlarni shunday joylashtirish kerakki ularni hisobotni varaqlamay ko’rish mumkin bo’lsin. Agar rasmlarni bunday joylashtirish imkoni bo’lmasa, ularni shunday joylashtirish lozimki, toki hisobotni soat strelkasi bo’ylab aylantirish mumkin bo’lsin. Hisobotda A formati hajmidan katta bo’lgan rasmlarni berish tavsiya etilmaydi.
Har bir rasm batafsil tavsifiy yozuvga ega bo’lishi lozim. Ost yozuv rasm tartib raqami bilan bir qatorga qo’shib joylashtiriladi. Rasmdagi yozuvlar hisobotdagi barcha rasmlar hajmi bo’yicha bir xil shriftda bajariladi. Hisobotlardagi ilmiy tadqiqotning raqamli materiallari jadval tarzida joylashtiriladi. Har bir jadval tavsifiy sarlavhaga ega bo’lishi kerak. Jadval yuqorisida «jadval» va uning tartib raqam joylashadi. Jadval tartib raqami xuddi rasmdagi kabi bo’ladi. Sarlavxa «jadval» so’zidan yuqorida joylashadi. «Jadval» so’zi va sarlavxa yozma harflarda yoziladi. Jadval grafalari sarlavhasi katta harflarda yoziladi, sarlavhachalar esa kichik harflarda.
Hisobot matnida zarur hollarda formulalar joylashtiri-ladi. Formulalardan so’ng simvollar, koeffisiyentlar va boshqa eksplikasiyalarga tushuntirish beriladi. Eksplikasiyalarda simvollar va raqamli koeffisiyentlar qiymati formula tagidan ular formulada qanday tartibda berilgan bo’lsa xuddi shunday tartibda keltiriladi. Har bir simvol va raqamli koeffisiyentni qiymati yangi qatordan berilgani ma’qul. Eksplikasiyaning birinchi satri «bunda» so’zi bilan boshlanadi. Bu so’zdan keyin ikki nuqta qo’yilmaydi.
Formula oxirida yoki nuqta, yoki vergul qo’yiladi. Eksplikasiya keltirilayotgan holdagina vergul qo’yiladi.
Formulalar bob ichida arab raqamlari bilan tartiblanadi. Formulaning tartib raqami bob tartib raqami va formulaning tartib raqamidan iborat bo’lishi kerak. Har ikkala tartib raqami nuqta bilan ajratiladi va qavs ichida beriladi. Masalan, «(1.02)» (birinchi bob ikkinchi formula). Formula tartib raqami sahifaning o’ng tomonida formulaning quyidagi qatori bilan bir xil satrda beriladi. Matnda formulaning tartib raqamidan iborat bo’lishi kerak. Har ikkala tartib raqami nuqta bilan ajratiladi va qavs ichida beriladi. Masalan, «(1.02)» (birinchi bob ikkinchi formula). Formula tartib raqami sahifaning o’ng tomonida formulaning quyidagi qatori bilan bir xil satrda beriladi. Matnda formulaga havola qilinganda uning aniq tartib raqami qavs ichida berilishi zarur, masalan: «(1.02) formulada».
Hisobotga adabiyotlar ro’yxati ilova qilinadi. Ro’yxatga barcha foydalaniladigan manbalar kiritiladi.
Monografiyalar, maqolalar, standartlar, kashfiyotlar, ma’ruza tezislari, gazetadagi maqolalar, ITI hisobotlari, deponentlangan materiallar, kataloglar va boshqa materiallar haqidagi ma’lumot OAKning 1985 yil 5-sonida e’lon qilingan talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
ITI to’g’risidagi hisobotlarpi rasmiylashtirish umumqabul qilingan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi. Hisobotlar o’z ichiga quyidagilarni olishi kerak: bosh varaq, bajaruvchilarning ular bajargan ishlar sissacha mazmuni berilgan ro’yxat, referat, sarlavha, qisqartmalar ro’yxati, simvollar va maxsus termishar, asosiy qism, adabiyotlar ro’yxati va ilova. Metodikani ifodalovchi, bajarilgan ishning mazmuni va natijalari haqidagi hisobotning qismlari to’liq va tadrijiy tarzda barcha oralik va yakuniy natijalar, shu jumladan salbiylari bilan birga bayon etilishi kerak.

9.3. Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash
Ilmiy materiallarni nashr qilish - ilmiy xodim, ilmiy muassasa yoki korxona jamoasi bajaradigan ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijalariga mualliflik huquqini oshkora himoya qilish shakllaridan biri.
Ilmiy materiallarni nashr qilish yoki oshkora yoki yopiq tarzda amalga oshirilishi mumkin. Ochiq matbuotda muayyan talablarga zid bo’lmagan ishlar e’lon qilinadi.
Ilmiy materiallar quyidagi ko’rinishda e’lon qilinishi
mumkin:
- monografiya;
- vaqtli jurnaldagi maqola;
- OO’Yu, ITI asarlari to’plamidagi, xalqaro, soha va boshqa xil konferensiyalar to’plamidagi maqola;
- rasmiy kengash va konferensiyalarning dokladlari tezisi;
- reformativ jurnallardagi maqola;
- davlat qaydnomasiga ega ITI bo’yicha hisobotlar;
- kashfiyot va ochilgan yangilikka potentlar;
- respublika ilmiy-texnikaviy kutubxonalarda deponentlangan ishlar;
- gazetadagi maqolalar.
Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash o’z ichiga quyidagi
bosqichlarni oladi:
- ilmiy materialni nashr qiluvchi noshir qo’ygan talablarni o’rganish;
- tanlangan ilmiy ish bo’limi mazmunini yozma bayon qilish;
- sof patentlikka ko’ra maqola mazmunini tekshirish;
- ochiq matbuotda e’lon qilish uchun maqolani ekspertizadan o’tkazish, kashf etish, yangilik yaratish unsurlarini yo’qligi;
- maqolani ichki va tashqi taqrizga berish;
- maqolani noshirga topshirish.
Ilmiy materiallarni rasmiylashtirish talabi material turiga bog’liq va u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- qog’oz va uning hajmiga bo’lgan talab;
- chap, o’ng tomondan, yuqori quyidan qoldiriladigan ochiq joy hajmi;
- sahifalarga tartib raqamlarini qo’yshi;
- rasmiylashtirish muharriri;
- jadval va rasmlarni berilishiga talablar;
- bosish shrifti va intervali;
- bayon etilish ishi;
- boshqa tildagi annotasiyalarga bo’lgan talab.
Nashr etilayotgan ilmiy material kirish qismidan, amalda bayon etilayotgan ilmiy material mazmuni va bayon qilinayotgan mavzu bo’yicha xulosadan iborat bo’lishi kerak. Agar muallif ma’lum ilmiy ishlarga havola qilsa yoki ulardan foydalansa ular adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilishi kerak.
Muallif patent sofligiga ilmiy maqola mustaqil tekshiruvini amalga oshirishi, buni maqolani nashrga tayyorlash jarayonida bajarish kerak. Patent sofligiga ko’ra tekshiruv o’z ichiga prototiplar va analoglarni topish, farkli tomonlarni
belgilashni oladi.
Har bir nashrga ekspertiza dalolatnomasi tuziladi. Buni mazkur ish bajarilgan tashkilot tuzadi, ochiq matbuotda e’lon qilish imkoni va mazmuni tegishli xulosa beradi.
E’lon qilishga takdim etilayotgan ilmiy materialga ayrim hollarda taqriz talab qilinadi. Taqriz ichki yoki tashqi bo’lishi mumkin. Ichki taqriz ish bajarilgan tashkilot mutaxassis tomonidan beriladi. Tashqi taqriz esa boshqa tashkilot mutaxassis tomonidan yoziladi.
Shuni ta’kidlash joizki, ishlab chiqarish bosqichida bo’lgan ilmiy tadqiqot ishlarining materiallari, agar tugallanmagan va muayyan aniq xulosalar yoki yakunga yetmagan bo’lsa e’lon etish uchun tavsiya qilinmaydi.
Ilmiy materiallarni nashr qilish - ilmiy xodim, ilmiy muassasa yoxud korxona jamoasi bajargan ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari natijasiga mualliflik huquqit oshkora himoya qilish shakllaridan biri. Muallif (yoki mualliflar) ilmiy tadqiqotlarni ularni e’lon qilishga tayyorlash bosqichida patent sofligiga mustaqil tekshirishni amalga oshirishlari shart.

Sinov savollar

1. Hisobot referati o’z ichiga nimani olish kerak?
2. Tasviriy materiallar, jadvallar va formulalar qanday berlishi kerak?
3. Ilmiy materiallar qanday ko’rinishda nashr qilinishi mumkin?
4. Ilmiy materiallarni berishga qanday talablar qo’yiladi?