10-maruza Mavzu: Ilmiy-tadqiqot ishlarini ishlab chiqarishga tadbiq etish va uning samaradorligini baholash

10-ma’ruza
Mavzu: Ilmiy-tadqiqot ishlarini ishlab chiqarishga tadbiq etish va uning samaradorligini baholash

Reja
1. Ilmiy mahsulotni buyurtmachi yoki iste’molchiga taqdim etish usullari
2. Fan ijtimoiy ishlab chiqarish turlaridan biridir.
3. Ilmiy tadiqiqotlar iqtisodiy samaradorligini hisoblash.

10.1. Ilmiy mahsulotni buyurtmachi yoki iste’molchiga taqdim etish usullari
Ilmiy mahsulot buyurtmachi yoki iste’molchiga hisobotlar, yo’riqnomalar, metodika, muvaqqat ko’rsatmalar, texnikaviy shartlar, texnikaviy loyiha va h. k. lar tarzida beriladi. Iqtisodiyotning ko’pgina sohalarida undan mavjud mahsulotni raqobatbardoshligini ta’minlash uchun takomillashtirish yoki yangisini yaratishda foydalaniladi. Bunday holda joriy etish jarayoni ikki bosqichda joriy etiladi: birinchi bosqich tajribaviy-ishlab chiqarishga joriy etish, ikkinchisi seriyali.
Birinchi bosqichda konstruksiyalar, mashinalar, materiallar va h. k. larning tayyorlangan tajriba namunalari rejalashtirilgan turlicha ishlab chiqarish sharoitlarida, shuningdek, tasodifiy tabiiy omillar ta’sirida qunt bilan o’rganiladi. Ekspluatasiya ko’rsatkichlari va xarajatlar, ishonchlilik va uzoq muddatlilik, tayyorlash va ekspluatasiya qilishning texnologiyaviyligi, ekologik va antropotexnik ko’rsatkichlar va h.k. larga alohida e’tibor qaratiladi.
Tajriba-ishlab chiqarish natijalari bo’yicha turli hujjatlar bilan tushuntirish xati tayyorlanadi. Bularda tajriba-namunalarga konstruksiyaviy, texnologik, ekspluatasiyaviy, iqtisodiy, ekologik, ergonomik, tibbiy-gigiyenik, yong’inga qarshi va boshqa xususiyatlari bo’yicha baho beriladi. Hujjatlar buyurtmachining va ITI ni bajargan ilmiy-tadqiqot tashkilotining vakillari tomonidan imzolanadi.
Joriy etishning birinchi bosqichi katta moliyaviy xarajatlarni talab etadi. Chunki tajriba namunasini tayyorlash ko’p mehnat talab qiladi va ko’pincha to’rrilash qayta o’zgartirishlar qilishga majbur bo’linadi.
Yangi mahsulot namunasi tajriba-ishlab-chiqarish sinovidan so’ng ikkinchi bosqichda seriyani ishlab chiqarishga joriy etiladi. Bunda joriy etish hajmi buyurtmachi tomonidan xaridor bozori talabidan kelib chiqilgan holda belgilanadi.
Ilmiy mahsulotni joriy etishni tezlashtirish uchun ilmiy-tadqiqot tashkiloti loyihalash tashkiloti bilan birlashadi. Bunday vaziyatda barcha ishlarga bitta markaz rahbarlik qiladi. Natijada joriy etish muddati qisqaradi, mahsulot sifati va raqobatbardoshligi oshadi. Rivojlangan mamlakatlarda mazkur muammo texnoparklar yordamida hal etiladi. Texnopark bir yoki bir necha ITI bilan yaqin aloqaga ega, ilmiy va informasiya muhitini rivojlantirish bilan shug’ullanuvchi, ilmiy mahsulot yangi texnologiyalar bozoriga jadal kirib borishi uchun ilmiy mahsulot ishlab chiqarish bazasini o’zlashtirishga baza yaratuvchi tashkilot (yuridik shaxs)dir. 90- yillarning boshlarida jahonda 340 ga yaqin texnopark tuzilgan edi.

10.2. Fan ijtimoiy ishlab chiqarish turlaridan biridir
Ilmiy tadqiqotlar samarasi turlicha bo’ldi :
- iqtisodiy samaradorlik (milliy daromadning oshishi, ish samaradorligi va mahsulot sifatining oshishi, ilmiy tadqiqotlarga bo’lgan xarajatning kamayishi);
- ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik (og’ir mehnat sharoitini bartaraf etish, atrof muhitni tozalash, tibbiy-gigiyena sharoitini yaxshilash va h. k.);
- mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash;
- mamlakat ilmiy salohiyatining obro’si.
Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini baholash uchun ular natijasi qay darajadaligini tasvirlovchi turli mezonlar qo’llanadi.
Fundamental nazariy tadqiqotlarni samaradorlikning 'miqdoriy ko’rsatkichlari bilan baholash qiyin. Ular, odatda, ishlamalar boshlangandan so’ng ancha keyin samara bera boshlaydi. Bundan tashqari, ular natijasidan iqtisodiyotning gurli sohalarida foydalaniladi. Shuning uchun kutilayotgan samarani baholash qiyin. Bunday tatqiqotlar uchun, qoidaga ko’ra, sifat mezonlari belgilanadi: hodisaning yangiligi, mamlakat fanining obro’si, ish xalqaro miqyosda keng tan olinishi, mamlakat mudofaa imkoniyotiga qo’shilgan xissa: monografiyalar va ular olimlarining ishlaridan turli mamlakatlarda foydalanilishi va b.
Amaliy ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar turli miqdoriy mezonlar bilan baholanadi, shulardan asosiysi - iqtisodiy samaradorlik Bu joriy etishga bo’lgan xarajat, joriy etish ko’lami, muddati va h.k. omillarga
bog’liq.
Ilmiy xodimning ish samaradorligi ishlanmaning yangiligi, e’lon qilingan maqolalar soni, ishdan ko’chirmalar olish
va h.k. bilan baholanadi.
Yangilik mezoni - bu,avtorlik guvohnomasi va patentlar miqdori, ko’chirma (ishtiboh) lar olish - ilmiy xodim ishlariga havolalar soni. Iqtisodiy baholash esa kamdan-kam qo’llanadi.
Ilmiy-tadqiqot guruhi (yoki tashkilot) mehnat samaradorligi
quyidagi mezonlar bo’yicha baholanadi: mehnat samaradorligi, joriy etilgan mavzular miqsori, ilmiy mahsulotni tadbiq etishdan kelgan iqtisodiy samara, olingan avtorlik guvohnomasi va patentlar soni, sotilgan lisenziyalar soni va b.

10.3. Ilmiy tadiqiqotlar iqtisodiy samaradorligini hisoblash
Ilmiy tadqiqotlar samaradorligi - ilmiy ijod bilan shug’ullanish va kishilik jamiyati farovonligini oshirishga yo’naltirilgan ilmiy-texnikaviy mahsulot (ITM) yaratish strategiyasi va taktikasining asosi.
Ilmiy tadqiqotlar iqtisodiy samarasini hisoblash ularni amalga oshirish bosqichlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan mo’ljal, kutilayotgan va haqiqiy iqtisodiy samaradorlik bir-biridan farklanadi. Mo’ljal iqtisodiy samara ilmiy tadqiqot ishini asoslashda va uni ish rejasiga kiritishda belgilanadi. Mazkur holda hisob-kitoblar taxminan, bashoratlanayotgan joriy etish ko’lamini hisobga olgan holda yiriklashtirilgan ko’rsatkichlar bo’yicha olib boriladi.
Kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik ilmiy tadqiqotlar bajarilish jarayonida hisob-kitob qilinadi. U ilmiy mahsulot ishlab chiqarishga joriy etiladigan muayyan yilga bashorat qilinadi. Kutilayotgan samaradorlik mo’ljaldagidan ko’ra ancha aniq mezon hisoblanadi.
Haqiqiy iqtisodiyot samaradorlik ilmiy mahsulot ishlab chiqarishga joriy etilgandan so’ng belgilanadi, hisob-kitob ilmiy tadqiqotlar va joriy etish uchun amalda ketgan xarajatlar bo’yicha olib boriladi. Bunda haqiqiy samara ko’pincha kutilayotgandan kam bo’ladi. U iqtisodiy samaradorlikning eng ishonchli mezoni hisoblanadi.
Kutilayotgan yoki haqiqiy iqtisodiy samaradorlik quyidagi tenglama bo’yicha aniqlanadi
CqXq½2-Xq½1 ( 10.01)
bunda Xq½1 va Xq½2 - oldingi (tayanch variant) ga va yangi variant (ilmiy tadqiqotlar natijalari asosi) ga muvofiq qilingan xarajatlar quyidagicha hisoblanadi:

XqxqTQYeMK (10.02)

bunda T - mahsulot birligi tannarxi, so’m: k - ITM yaratishga
qo’yilgan kapital mablag’ so’m: Yem - iqtisodiy samaradorlik me’yoriy koeffisenti (Yen q 0,15).
Ilmiy-tadqiqot iqtisodiy samaradorligini hisolash metodikasi ishlarda keltirilgan.
Ishlab chiqarishga yakunlangan ilmiy-tadqiqotlarni joriy etish ITI ning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Joriy etish jarayonini jadallashtirish uchup ilmiy-tadqiqot tashkilotlari loyihalovchilar bilan birlashib texnoparklar, texnopolislar tashkil etadi. Ilmiy tadqiqotlarning natijalarini joriy etish baholashnipg asosiy mezoni bo’lib, haqiqatdagi iqtisodiy samaradorlik hisoblanadi.

Sinov savollar

1. Ilmiy mahsulotni joriy etish deganda nima tushuniladi ?
2. Joriy etishning qanday bosqichlarini bilasiz?
3. Texnoparklar va texnopolislar nima, ular nima uchun tuziladi?
4. Fundamental nazariy va ilmiy-amaliy tadqiqotlar qanday mezonlar bo’yicha baholanadi?