Magistrning tayyorgarligiga qoyiladigan umumiy talablar

Magistrning tayyorgarligiga qo’yiladigan umumiy talablar

13. Magistr o’z mutaxassisligi bo’yicha ilmiy-tadqiqotlarni bajara olishi, ilmiy ijod uslubiyotini bilishi, zamonaviy axborot texnologiyasi asosida ilmiy ma’lumotlar yig’a olishi, ulardan foydalanish va saqlash usullarini bilishi hamda ilmiy-faoliyat va mustaqil amaliy faoliyatga tayyor bo’lishi lozim.
14. Mutaxassislik doirasida magistr:
bilimlarni umumlashtirish, xulosalar chiqarish va uni boshqalarga o’rgatish;
jarayon va texnologiyalarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish;
zamonaviy, raqobatbardosh tadqiqot uslubiyotlarini ishlab chiqish 
va ularni amalga oshirish;
bozor munosabatlari sharoitida, iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqqan holda ilmiy muassasa, konstruktorlik byurosi, ishlab chiqarish korxonalari bo’limlari va boshqa tashkilot, muassasalar ishini tashkil etish, muammosini hal etish, ilmiy tadqiqot, izlanish natijalarini amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy laboratoriya 
va texnik jihozlardan foydalanish va boshqarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
15. Magistr o’zining mutaxassisligi, ilmiy-faoliyat va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining:
loyiha-konstruktorlik;
loyiha-texnologik;
ilmiy tadqiqot va tajriba;
ishlab chiqarish boshqaruvi;
ilmiy-pedagogik;
ilmiy-ijodiy turlari, shuningdek, bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos boshqa mutaxassisliklari bo’yicha ham shug’ullanishi mumkin.
16. Magistr kasb faoliyatining asosiy sohalariga quyidagilar kiradi:
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, loyihalash tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish korxonalari;
davlat va nodavlat oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari;
magistr akademik darajasini talab qiladigan boshqa turdagi faoliyatlar. 
17. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari negizida mutaxassisliklar bo’yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar Davlat ta’lim standartlariga muvofiq belgilanadi.