Talabalarning huquq va majburiyatlari

Talabalarning huquq va majburiyatlari
 

35. Magistratura talabalari quyidagi huquqlarga ega:
fan, texnika va madaniyatning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni olish;
oliy ta’lim muassasasining muhim masalalarini muhokama etish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;
kutubxonadan, axborot resurslari, o’quv, ilmiy, tibbiy va boshqa turdagi xizmatlardan oliy ta’lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;
ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish;
o’z ishlarini nashrga taqdim qilish;
oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatining qarorlari ustidan shikoyat qilish;
talabalar uchun belgilangan tartib va miqdordagi stipendiya, shuningdek Davlat stipediyalari hamda o’qishga yo’llagan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish.
36. Talabalarning majburiyatlari:
oliy ta’limning ta’lim dasturlari va o’quv rejasida nazarda tutilgan bilimlarni egallash;
o’quv rejasida nazarda tutilgan topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarish;
oliy ta’lim muassasasining Ustavi, ichki tartib qoidalari 
va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etish.