Aspiranturaga ega oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining huquq va majburiyatlari

Aspiranturaga ega oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining huquq va majburiyatlari
 

31. Aspiranturaga ega OTM va ITMlar quyidagi huquqlarga ega:
a) ilmiy rahbarning aspirantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlar yoki OTMlariga ilmiy xizmat safariga yuborish to’g’risidagi iltimosnomasi va qabul qiluvchi tomonning taklifnomasi mavjud bo’lgan holda Ilmiy kengashda ilmiy xizmat safariga yuborishning maqsadga muvofiqligi masalasini ko’rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;
b) shaxsiy ish rejalarini bajarmagan va tegishli hisobotini topshira olmagan, OTM yoki ITM ichki tartib-qoidalarini buzgan aspirantni aspiranturaga qayta tiklanish hukuqisiz aspiranturadan chetlatish va bu haqda mutaxassisni o’qishga yo’llagan OTM, ITM yoki tashkilotga xabar berish;
v) aspirantlarni shartnoma (idoralararo, davlatlararo) asosida o’qitish uchun tushadigan mablag’larni belgilangan tartibda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va chet ellarda o’z mutaxassislarining malakasini oshirishga sarflash.
32. Aspiranturaga ega OTM va ITMlar quyidagi majburiyatlarga ega:
a) aspiranturaga ilmiy-tadqiqot olib borish qobiliyati, oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga yoki magistr darajasiga ega bo’lgan shaxslarni tanlov asosida qabul qilishni ta’minlash;
b) Ilmiy kengashlarda aspirantlarga fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarining respublika uchun ustuvor yo’nalishlari (Davlat ilmiy-texnika dasturlari)ni hisobga olgan holda ilmiy ishlar mavzusini, ish rejasini va ilmiy rahbarini 3 oydan kechiktirmay tasdiqlash;
v) aspirantlarning nomzodlik minimumlarini topshirishi, umumnazariy tayyorgarligi va tajribaviy tadqiqotlar o’tkazishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, shuningdek tajribali olimlardan ilmiy rahbarlar tayinlash hamda ularni stipendiya bilan o’z vaqtida ta’minlash;
g) aspirantlarning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari tanlovlarida va xorijiy mamlakatlarda mutaxassisligi bo’yicha tashkil etiladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash;
d) nomzodlik minimumi bo’yicha imtihonlarni topshirish bilan bog’liq sarf-xarajatlarni qoplash;
ye) davriy hisobot orqali aspirantlar faoliyatini muntazam nazorat qilish, Ilmiy kengashlarda ilmiy rahbarlarning hisobotlarini muhokama qilish va tegishli qaror qabul qilish;
j) ilmiy rahbar tomonidan yetarli va malakali rahbarlik amalga oshirilmagan taqdirda Ilmiy kengashda aspirantning ilmiy rahbarni almashtirish to’g’risidagi arizasini ko’rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish.