Aspiranturaga yollovchi oliy talim, ilmiy-tadqiqot muassasasi va tashkilotlarning huquq va majburiyatlari

Aspiranturaga yo’llovchi oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasasi va tashkilotlarning huquq va majburiyatlari
 

33. Aspiranturaga yo’llovchi OTM, ITM va tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
a) aspirantning ilmiy faoliyatini nazorat qilish hamda hisobot materiallarini so’rab olish;
b) aspirant shartnoma shartlarini bajarmaganda undan aspiranturada tayyorlash bilan bog’liq sarf-xarajatlar qoplanishini o’rnatilgan tartibda talab qilish.

34. Aspiranturaga yo’llovchi OTM, ITM va tashkilotlar quyidagi majburiyatlarga ega:
a) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda aspiranturaga qabul qilingan shaxslar bilan aspiranturaga qabul qilinganlik to’g’risidagi buyruq yoki undan tasdiqlangan ko’chirma asosida mehnat shartnomasini bekor qilish;
b) shartnoma shartlarini bajarish hamda aspirantni o’qishi va yashashi bilan bog’liq xarajatlarni qoplash maqsadida tegishli mablag’larni o’z vaqtida aspirant tayyorlab berayotgan OTM yoki ITM hisob raqamiga o’tkazib berish.