Ilmiy rahbarning huquq va majburiyatlari

Ilmiy rahbarning huquq va majburiyatlari
 

37. Ilmiy rahbar quyidagi huquqlarga ega:
a) bir vaqtning o’zida ko’pi bilan 3 (uch) nafar aspirantga ilmiy rahbarlik qilish. Ilmiy rahbar bir vaqtning o’zida doktorantga ham ilmiy maslahatchi bo’lsa, doktorant va aspirantlarning umumiy soni uch kishidan oshmasligi lozim;
b) Ilmiy kengashga aspirantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlar va OTMlariga xizmat safariga yuborishning maqsadga muvofiqligi to’g’risida asoslangan yozma iltimosnoma bilan murojaat qilish.

38. Ilmiy rahbar quyidagi majburiyatlarga ega:
a) aspirantning ilmiy ishiga samarali ilmiy rahbarlik qilish;
b) aspirantning tasdiqlangan shaxsiy ish rejasini bajarishini muntazam nazorat qilish;
v) dissertasiya ishining OAK talablariga muvofiq ravishda sifatli, o’z vaqtida tugallanishi va himoyaga taqdim etilishini ta’minlash;
g) Ilmiy kengashda aspirant hisobotining muhokamasida ishtirok etish.

39. Dissertasiya ishlarini muddatida himoya qilinishini ta’minlaydigan ilmiy rahbarlar Ilmiy kengash qarori bilan qo’shimcha bir yoki ikki aspirantga ilmiy rahbarlik qilishi mumkin.

40. Ilmiy rahbarligida bajarilayotgan dissertasiyalar yuzasidan rahbarlik va nazoratni hamda o’z muddatida ularning himoyaga taqdim etilishini muntazam ta’minlamaydigan ilmiy rahbarlarga nisbatan Ilmiy kengash qarori bilan aspirantlarga ilmiy rahbarlik qilish huquqidan mahrum etishgacha bo’lgan choralar ko’rilishi mumkin.