Doktoranturaga ega oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining huquq va majburiyatlari

Doktoranturaga ega oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining huquq va majburiyatlari
 

61. Doktoranturaga ega OTM va ITMlar quyidagi huquqlarga ega:
a) Ilmiy kengashda ilmiy maslahatchining asoslangan taklifiga ko’ra doktorantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlar yoki OTMlariga qabul qiluvchi tomonning taklifnomasi mavjud bo’lgan holda ilmiy xizmat safariga yuborish masalasini ko’rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;
b) shaxsiy ish rejalarini bajarmagan va tegishli hisobotni topshira olmagan, OTM yoki ITM ichki tartib-qoidalarini buzgan doktorantni doktoranturaga qayta tiklanish huquqisiz doktoranturadan chetlatish va bu haqda mutaxassisni o’qishga yo’llagan ITM, OTM yoki tashkilotga xabar berish;
v) doktorantlarni shartnoma (idoralar ichida, idoralararo, davlatlararo) asosida tayyorlash uchun tushadigan mablag’larni belgilangan tartibda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o’z mutaxassislarining malakasini oshirishga sarflash.

62. Doktoranturaga ega OTM va ITM quyidagi majburiyatlarga ega:
a) fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohasining respublika uchun ustuvor yo’nalishlari (Davlat ilmiy-texnika dasturlari)ni hisobga olgan holda doktorantning dissertasiya mavzusi, ish rejasi va (zaruriyatga ko’ra) ilmiy maslahatchisini uch oydan kechiktirmay tasdiqlash;
b) doktorantlarning faoliyatini muntazam nazorat qilish hamda Ilmiy kengashlarda ilmiy maslahatchilar, kafedra, bo’lim, sektor, laboratoriya mudirlarining doktorantlarni tayyorlash bo’yicha faoliyatlari to’g’risidagi hisobotlarini eshitish. Doktorantlar faoliyati bo’yicha yilda bir marta hisobot qabul qilish, muhokamadan o’tkazish va tegishli qaror qabul qilish.