Doktorantning huquq va majburiyatlari

Doktorantning huquq va majburiyatlari

63. Doktorant quyidagi huquqlarga ega:
a) laboratoriyalar, uskunalar, xonalar, kutubxonalar va boshqalardan foydalanish;
b) ilmiy safarlarga, shu jumladan, chet mamlakatlarga borish;
v) ilmiy ekspedisiyalar, konferensiyalar, seminarlar va boshqalarda ishtirok etish;
g) doktoranturani muvaffaqiyatli tugatgach, uni doktoranturaga yuborgan OTM, ITM yoki tashkilotga qaytish.

64. Doktorant quyidagi majburiyatlarga ega:
a) har yili muassasa Ilmiy kengashida shaxsiy ish rejalarining bajarilishi to’g’risida hisobot berish;
b) dissertasiya ishini OAK talablariga muvofiq o’z muddatida tugallash, dastlabki ekspertizadan o’tkazish va Ixtisoslashgan kengashda himoya qilish yoki himoyaga taqdim etish;
v) maqsadli doktoranturani tugatgandan so’ng uni doktoranturaga yuborgan OTM, ITM yoki tashkilot ixtiyoriga qaytish va kamida 3 (uch) yil ishlab berish.