O'zbekiston Respublikasining QARORI

Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodiy pa intellektual salohiyatiniro’yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXIasr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etibvoyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar vaimkoniyatlarni yaratishbo’yicha keng ko’lamlianiq yo’naltirilganchora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida,shuningdek, O’zbekistonRespublikasida 2010yilning "Barkamol avlod yili" deb e’lonkilingani munosabatibilan:

1. "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi tasdiklansin. Unda quyidagilar asosiy vazifalar etib belgilansin;

bolalar aa yoshlarning xuquq sa manfaatlarini himoya qilishga, ularni barkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan meyeriy-huquqii bazani takomillashtirish, amaldagi qonunchilik hamda meyoriy hujjatlarga zamon talablariga mos o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;

"Sog’lom ona - sog’lom bola" dasturini izchil amalga oshirish asosida sog’lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, onalar va bolalarning reproduktiv salomagligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktikaga asoslangan sog’liqni saqlash tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy xizmat moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sog’lom bolalar tug’ilishi va ularni tarbiyalash bilan bogliq masalalar yuzasidan aholi o’rtasida tushuntirish hamda maslahat ishlarini kuchaytirish;

tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyottarmoqlari va sohalaridagi mavjud talabga alohida e’tibor qaratgan holda, o’sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanadamustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari, o’kuv dasturlari va o’quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish;

ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, liseylari va oliy o’kuv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o’quv-laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya uskunalari, komp’yuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o’qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag’batlantirish bo’yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish;

zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikasiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojpantirish, ularni xar bir oila hayotiga joriy etish va keng o’zlashtirish; yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish sohasida, yoshlarni, ayniqsa, qishloq qizlarini sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini, stadionlar aa inshootlarni qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlary bilan ta’minlash, yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan mustahkamlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil kuchaytirish;

iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirishning muhim yo’nalishi, aholi va o’rta sinf mulkdorlari daromadlarini shakllantirish asosi bo’lgan kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish, bu sohadagi mavjud muammolarni hal etish, yoshlar, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun sharoit yaratish;

ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatyai yoshlarni iliiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chikarishi uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

yosh oilalarga g’amxo’rlik qilish ishlarini kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash, jismonan va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida jamiyatning muhim bo’g’ini bo’lgan sog’lom va mustahkam oilani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqaturli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo’lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban "ommaviy madaniyat" xurujlaridan himoya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 9 dekabrdagi 3329-farmoyishiga binoan tuzilgan Respublika komissiyasiga "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi bajarilishini tashkil etish va uning ijrosi monitoringini amalga oshirish vazifasi yuklansin.

3. "Barkamol avlod yili" Davlat dasturini amalga oshirish bo’yicha Respublika komssiyasi (Sh. M.Mirziyoyev);

ikki hafta muddatda vazirliklar, idoralar, xo’jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlyklari tomonidan har bir vazirlik, idora, mintaqa, shahar, tuman va aholi punkti bo’yicha hududlar hamda tarmoqlarga oid "Barkamol avlod yili" dasturlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta’minlansin;

mazkur Dasturning bo’limlari va bandlarini davlat hamda xo’jalik boshqaruvi respublika organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar darajasida to’liq va o’z vaqtida bajarish ishlarini muvofiqlashtirsin, Dasturga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o’rnatsin;

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga har chorak yakuni bo’yicha "Barkamol avlod yili" Davlat dasturida tasdiqlangan tadbirlarning bajarilishi to’g’risida axborot taqdim etsin.

4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh. M. Mirziyoyev) Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar)da Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlar hokimlari rahbarligida Dasturni amalga oshirish bo’yicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini taminlasin, ularning zimmasiga Dasturda ko’zda tutilgan tadbirlarni so’zsiz va to’liq amalga oshirish bo’yicha shaxsiy javobgarlik yuklasin.

5. O’zbekiston matbuot va axborot agentligi O’zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari:

aholi, ayniqsa, yoshlar O’rtasida "Barkamol avlod yili" Davlat dasturining maqsad va vazifalarini keng tushuntirish;

Dasturning amalga oshirilishi to’g’risida muntazam axborot berib borish, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, jamoat va nohukumat tashkilotlarning Dasturda ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha qo’shgan amaliy hissasini yoritishni ta’minlasin.

6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.KARIMOV.

Toshkent shahri, 2010 yil 27 yanvar.