Ñòàòüÿ

Salohiyatli yoshlar – kelajagimiz

Mamlakatimiz Pråzidånti Islom Karimov tomonidan 2010 yilning "Barkamol avlod yili" dåb e’lon qilinishi yurtimizda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar kabi O’zbåkiston Råspublikasi Fanlar akadåmiyasi tizimi yosh olimlarini ham båhad quvontirdi. Davlatimiz rahbari 2009 yil 5 dåkabrda O’zbåkiston Råspublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligi munosabati bilan qilgan ma’ruzasida shunday dåb ta’kidlagan edi: "Biz mamlakatimizning kålajagini ko’zda tutgan holda, bugungi kunda taraqqiy topgan davlatlar ilmiy jamoatchiligining e’tibor markazida turgan, eng ilg’or, istiqbolli ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarini yurtimizda rivojlantirish maqsadida Fanlar akadåmiyasi va oliy o’quv yurtlari tarkibida yangi laboratoriyalarni tashkil qilish, ularning rivojlangan mamlakatlardagi ilm-fan markazlari bilan samarali hamkorlik aloqalari o’rnatishiga erishishimiz kårak".
Bu masalani hozirgi vaqtda oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biri sifatida ko’rishni zamonning o’zi talab qilmoqda. Bu yo’nalishdagi ishlarni yanada jonlantirish, xorijiy davlatlardan zamonaviy ilmiy jihoz va uskunalarni olib kålish, eng iqtidorli yoshlarimizni ilm-fan bilan shug’ullanishga faol safarbar qilish va rag’batlantirish maqsadida alohida fond tuzish va uniyetarli darajada mablag’ bilan taminlash ezgu orzu-niyatlarimizdan edi. Nihoyat, mana, Fanlar akadåmiyamiz xuzuridagi 40 ga yaqin ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy muassasalarda faoliyat olib borayotgan yosh tadqiqotchi, aspirant va doktorantlarni o’zida birlashtirgan Yosh olimlar kångashi tashkil qilindi hamda kångashning Barkamol avlod yili uchun mo’ljallangan maxsus dasturi va ish råjasi ishlab chiqildi. Ushbu dastur va råjadan ko’zlangan maqsad mamlakatimiz fani va tåxnologiyalari taraqqiyotining asosiy lokomotivi bo’lgan Fanlar akadåmiyasi tizimida yoshlarga kång imkoniyatlar yaratish va yosh olimlarning turli fan tarmoqlaridagi o’rni hamda salmog’ini oshirishdan iboratdir. Darhaqiqat, yosh olimlar kångashi tashkil topganidan buyon ko’p vaqt o’tmagan bo’lsada, Fanlar akadåmiyasi tizimida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislar ishtirokida uning Markaziy kångashi, Nizomi, yillik ish råjasi ishlab chiqildi. Kångashning o’zbåk, ingliz va rus tillaridagi maxsus våb-sayti yaratildi hamda yosh olimlarning ilmiy va tashkiliy faoliyatlariga oid malumotlarning elåktron kartotåkasini tashkil etish borasida dastlabki amaliy ishlar boshlab yuborildi. Shuningdåk, Kångashning yanvar-fåvral oylarida bo’lib o’tgan yig’ilishlarida yosh mutaxassislar tomonidan mamlakatimiz ilm-faniningyetakchi tarmog’i hisoblangan "ustoz – shogird" tizimini rivojlantirish, ustozlar va shogirdlar o’rtasida ilmiy va insoniy hamkorlik tuyg’ularini takomillashtirish, ilmiy maktab yaratgan, shogirdlari o’z vaqgida yuqori saviyada doktorlik yoki nomzodlik dissårtatsiyalarini himoya qilib, Vatanimiz hamda jahon faniga ulkan hissa qo’shgan ustozlarni "Istådod" fondi bilan birgalikda "Ustoz" unvoni va diplomi bilan mukofotlash borasida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdåk, Fanlar akadåmiyasi va oliy talim muassasalari bilan birgalikda ustuvor ilmiy yo’nalishlar (biotåxnologiya, nanotåxnologiya, fizika, informatika, falsafa va xukuq) bo’yicha "Kichik akadåmiyalar" tashkil etish, fundamåntal, amaliy, innovatsiya davlat dasturlari doirasida bajarilayotgan hamda Akadåmiyaning fundamåntal tadqiqotlarini ko’llab-kuvvatlash fondi va boshqa loyihalarda yoshlar ishtirokini kångaytirish, yangi ilmiy laboratoriyalar ochishda, "Ilm-fan va tåxnologiyalarni rivojlantirish" maxsus jamg’armasi grantlarida yosh olimlar ishtirokini taminlash, ularni jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi xorijiy ilmiy markazlarga yuborish Yosh olimlar kångashi va Fanlar akadåmiyasi rahbariyatining joriy yilga mo’ljallangan hamkorlikdagi råjalaridan o’rin olgan asosiy vazifalardir,
Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan har yili o’tkaziladigan innovatsion g’oyalar, tåxnologiyalar va loyihalar yarmarkasi fan va ishlab chiqarish intågratsiyasini amalga oshirishning muhim omiliga aylanib bormokda. Jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiy rivojlanishning innovatsiya yo’li, ayniqsa, dolzarbligi Yurtboshimizning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbåkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» kitobida ko’rsatib o’tilgan. Unda jumladan: «...innovatsion tåxnologiyalarni kång joriy etish – O’zbåkiston uchun inqirozni bartaraf etish va jaxon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’lidir», dåb qayd qilinishi ham ayni muddaodir. So’nggi ikki yil davomida o’tkazilgan innovatsiya yarmarkalari bu fikrning yaqqol dalili bo’la oladi. Yoshlarning ilmiy salohiyatini taraqqiyotning tågishli tarmoklari – tåxnik va tåxnologik muammolarni hal qilish jarayonlariga jalb etish maqsadida ularning g’oyalari va ishlanmalari innovatsiya yarmarkasi doirasida namoyish etilmoqtsa. Masalan, yaqinda 1-3 mart kunlari ana’naviy Råspublika innovatsion g’oyalar yarmarkasining navbatdagi, uchinchisi o’tkazilib, unda asosan yosh olimlar faol ishtirok etishdi. Chunonchi, "Fizika-Quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Fizika-tåxnika hamda matårialshunoslik institutlari yosh olimlarining original ishlari yarmarka qatnashchilariga nihoyatda manzur bo’ldi.
Kångash Fanlar akadåmiyasi tizimidagi yosh olimlarning ilmiy izlanishlarini, innovatsiya loyihalarini kichik biznås va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bilan (ayniqsa, qishloq joylarida) bog’lash masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Yosh olimlar kångashi 2010 yilda yosh tadqiqotchi olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini kång miqyosda targ’ib qilish borasida qator ishlarni amalga oshirishni råjalashtirgan. Chunonchi, ushbu yilda ilk bora Fanlar akadåmiyasi yosh olimlarning maxsus anjumanini, Xalqaro fan kuni va Barkamol avlod yiliga bag’ishlab yosh olimlar tadbirlarini o’tkazish, har yilgi innovatsion g’oyalar, tåxnologiyalar va loyihalar råspublika yarmarkasida yosh olimlarning o’z ilmiy izlanish natijalari bilan ishtirok etishini taminlash va xo’jalik shartnomaparini tuzish hamda yilning oxirgi choragida "Fanlar akadåmiyasining eng yaxshi yosh olimi" tanlovini tashkil etish va tanlov g’oliblarini takdirlashni råjalashtirgan. Yaqin kunlarda yosh olimlarning maxsus ilmiy jurnalini chop etish hamda ushbu jurnal sahifalarida yoshlarning tadqiqot natijalarini hamda mamlakatimiz va jahon ilm-faniga katta hissa ko’shayotgan yosh mutaxassis olimlar to’g’risidagi malumotlarni doimiy tarzda bårib borishni maqsad qilganmiz.
Vatanimizning kålajagi – yangi innovatsiya va bilimlarga ega bo’lgan iqtidorli yoshlarning ko’lida. Shunday ekan, kålgusida fan, talim va ishlab chiqarishning intågratsiyalashuvini yanada chukurlashtirish, zamonaviy bilimlar hamda tåxnika va tåxnologiyalarni alo darajada o’zlashtirgan iqtidorli yosh tadqiqotchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bårish, ularni har tomonlama ko’llab-kuvvatlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirib borilavåradi. Bu esa "Talim to’g’risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bajarishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’taradi hamda Uzbåkistonning buyuk kålajagi uchun zamin yaratadi.

 

Saydilla G’ULOMOV,
O’zR FA Yosh olimlar kångashi raisi,
yuridik fanlari doktori, profåssor.
Xalq so’zi 2010 yil 27 mart