Edmund S Muskie Bitiruvchi Stipendiyalar Dasturi

Maski dasturi sobiq Sovet Ittifoqi fuqarolariga AQShda magistraturada tahsil olish imkoniyatini yaratadi. Har yili 250 dan ziyod Maski dasturi ishtirokchilari turli sohalar buyicha AQShning nufuzli oliygohlarida o’qib kelmoqdalar.
Edmund Maski Bitiruvchi Stipendiyalar Dasturi AQSh Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat Ishlari bo’yicha Byurosi dasturidir. Dastur Yevroosiyo mamlakatlarida akademik va professional treninglar orqali demokratizasiyani va bozor iqtisodiyotini olg’a surishga qaratilgan.
Maski stipendiyasining tanlov g’oliblari magistr ma’lumoti yoki sertifikat taqdim etadigan hamda ma’lumot berilmaydigan o’quv dasturlariga qabul qilinadilar. O’qishlar bir yildan ikki yilgacha quyidagi yo’nalishlar bo’yicha davom etadi:
Biznes Boshqaruvi
Iqtisodiyot
Huquqshunoslik
Davlat Boshqaruvi
Davlat Siyosati
Maorif
Atrof-muhitni asrashni boshqarish
Xalqaro Munosabatlar
Kutubxona va Axborotlar Fani
Jurnalistika/Kommunikasiya
Sog’liqni Saqlash
Stipendiyalar qatnashuvchi mamlakatlarning iqtidorli yosh va o’rta muddat ish tajribasiga ega mutaxassislariga beriladi. Stipendiya egalari AQSh oliy o’quv yurtlariga tanlov komissiyasining tavsiyasiga binoan joylashtiriladi.
Unvon beradigan va unvon bermaydigan stipendiyalar mavjud bo’lib, stipendiya egalari o’zlari tanlagan o’quv dasturlari bo’yicha ta’lim olishlari kafolatlanmagan. Universitetlarga joylashtirish stipendiya egasining o’quv dasturlariga mos kelishiga qarab belgilanadi. Bu unvon berilish yoki berilmaslik masalasiga bog’liq emas.
Dasturda ishtirok etish mezonlari:
a. Irqi, tana rangi, diniy e’tiqodi, millati va jinsidan qat’iy nazar har qanday nomzod hujjat topshirishi mumkin. Nogiron shaxslarning topshirishlari rag’batlanadi.
b. Maski Dasturi ishtirokchilari ko’rsatgan bilim va tajribalarining natijasiga ko’ra tanlab olinadilar va quyidagi talablarga javob bergan har qanday shaxs tanlovda ishtirok etishi mumkin:
O’zbekiston pasportiga ega bo’lgan fuqarolar va doimiy rezidentlar.
Topshirish paytida bakalavr unvoniga ega bo’lgan (to’rt yoki besh yillik o’qish) shaxslar. Maski Dasturining huquqshunoslik yo’nalishi bo’yicha topshirayotgan shaxslar huquqshunoslik bo’yicha bakalavr unvoniga ega bo’lishlari lozim.
To’liq to’ldirilgan anketa va kerakli hujjatlar to’plamini topshirish muddati tugaguncha topshirishlari shart.
AQShda bo’ladigan akademik almashinuv dasturini 2010 yil yoz mavsumida boshlay olishlari kerak.
AQShning J-1 vizasini olishi kerak.
Dastur tugashi bilan o’z mamlakatiga qaytishi lozim.
Ariza topshirish vaqtida og’zaki va yozma ingliz tilini mukammal o’zlashtirgan bo’lishi lozim.
Quyida keltirilgan holatlardagi shaxslar Maski Dasturi uchun noloyiq deb hisoblanadi:
AQSh fuqarolari va AQSh doimiy rezidentlari.
Hozirgi paytda AQShda o’tkazilayotgan akademik, trening va ilmiy-tadqiqot dasturlarida ishtirok etayotgan shaxslar.
12 ta qatnashayotgan mamlakatlardan tashqarida istiqomat qilayotgan yoki ishlayotgan shaxslar.
Olti haftadan ziyod bo’lgan, AQSh hukumati tomonidan homiylik qilingan almashinuv dasturlari bo’yicha AQShga tashrif buyurgan va ikki-yillik o’z mamlakatida yashash majburiyatini topshirish vaqtida ado etmagan shaxslar.
So’nggi uch yil davomida AQSh doimiy rezidentligi uchun hujjat topshirgan shaxslar.
Edmund Maski Bitiruvchi Stipendiyalar 2010-2011 yil dasturi uchun 2010 yil iyul oyida murojaat qiling.

Jamoatchilik bilan aloqalar Bo’limi
Amerika Qo’shma Shtatlari Elchixonasi
e-mail: Tashkent-Program@state.gov
http://uzbekistan.usembassy.gov/exchanges