Yoshlar uchun Xalqaro Esse Konkursi

 Unesco va Goi Tinchlik Fondi dunyo yoshlarini 2010 yilgi Xalqaro Esse Konkursida ishtirok etishga taklif etadi.Esse Mavzusi etib «Tinch olam yaratishda mening rolim» mavzusi belgilangan.Tashkilotchilarning bunday mavzu tanlashlariga sabab yoshlarning tinch dunyo yaratishni qanday tushunishlari, nimalarda ko’rishlari va o’z shaxsiy tinch dunyo nuqtai nazarini shakllantirish hisoblanadi.Esselar 2010 yilning 30iyuniga qadar qabul qilinadi.
Esselar 25 yoshgacha bo’lgan yoshlardan quyi- dagi kategoriyalardan biriga qabul qilinadi:
1.Bolalar(14 yoshgacha)
2.Yoshlar(15-25 yosh )
Esselar ingliz,fransuz,ispan,nemis yoki yapon tillarinig birida 800ta so’zdan oshmagan holda (yapon tili uchun 1600 ta ieroglif) yozilishi shart.Esse mazmuni «Sizning tinch va osoyishta dunyo bo’yicha tasavvuringiz qanday?» va «Siz va yoshlar mana shu tasavvurni amalga oshirish uchun nimalar qilishlari mumkin?» savollariga javob bo’la olishi kerak.
Essening bosh varag’ida mutanosib kategoriya nomi, esse sarlavhasi, to’liq ism-sharif, yuboruvchi manzili, telefon nomeri, e-mail manzili, millati, 30 iyunga qadar to’lgan yoshi, jinsi, maktab nomi, so’zlar hisobi yozilishi kerak.Shuningdek maktab direktorlari yoki sinf rahbarlari esselarni to’plab yuborishlari ham mumkin. Konkurs uchun taqdim qilinayotgan esselar hech qaysi ommaviy axborot vositalarida nashr etilmagan va original , betakror bo’lishi lozim.
Har bir kategoriya uchun 3ta sovrinli o’rin va qo’shimcha 25 kishiga esdalik sovg’alari beruvchi maxsus o’rinlar belgilangan.

Qo’shimcha ma’lumotlat uchun:http://portal.unesco.org/shs/en/ev.php-URL_ID=13023&URL_DO=DO_TOPIC&URL_SECTION=201.html

essay@goipeace.or.jp