KIRISH

KIRISH


Magistratura magistrlarni, ya’ni ilmiy-tadqiqotchilik va ilmiy-pedagogik faoliyatga tayyorlangan mutaxassislarni tayyorlash shaklidir. Hozirgi oliy ta’lim tizimida magistr darajasi mavqyei jihatidan bakalavr darajasidan keyin va fan nomzodi darajasidan oldingi o’rinda turadi. Bu daraja ilmiy emas, balki akademik daraja hisoblanadi, chunki u avvalo oliy maktab bitiruvchisining ta’limiy darajasini aks ettiradi va unda boshlovchi ilmiy xodimga xos bo’lgan qobiliyat va malakalar borligidan dalolat beradi.

Magistr uchun ilmiy tadqiqot malakalari dissertasiya tadqiqotini yuritish va muayyan lavozimlarda yuqori malakali ishlarni bajarish uchun zarur, deb faraz qilinadi.
Magistraturaning bosh maqsadi bu oliy o’quv yurtlarining ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini yuritishga (aspirantura, ad’yunkturaga o’qishga kirish yoki talabgor sifatida dissertasiya tadqiqotini bajarishga) qobiliyatli bitiruvchilarini tayyorlashdir.

Iqtisodiyot magistri – bu keng bilimli mutaxassis bo’lib, u:
• ilmiy ijod metodologiyasi va uslubiyotini, zamonaviy axborot texnologiyalarini egallagan;
• turli xil iqtisodiy axborotlarni tahlil etish va sintez qilish malakasiga ega;
• ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini yuritishga qodir;
• loyihalarni ishlab chiqish va boshqarishni yaxshi biladigan;
• pedagogik faoliyat olib borishga tayyor bo’ladi.

Magistrlar quyidagi qobiliyatlarga ega bo’ladi:
• tadqiqot vazifalarini ifodalash;
• tadqiqot rejasini tuzish;
• axborot texnologiyalarini jalb qilgan holda bibliografik ishlarni bajarish;
• zarur tadqiqot uslublarini tanlash, aniq tadqiqot vazifalariga asoslanib, mavjud uslublarni o’zgartirish va yangi uslublarni ishlab chiqish;
• olingan natijalarni ishlash, ularni adabiyotlardagi mavjud ma’lumotlarni hisobga olib tahlil qilish va mushohada yuritish;
• bajarilgan ishlar yakunlarini tahrir qila olish va matbuotning zamonaviy vositalarini qo’llab, talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan hisobotlar, referatlar, maqolalar, ma’ruzalar tezislari shaklida taqdim eta olish.

Ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik dasturining ilmiy-tadqiqotchilik qismi yuzasidan magistrning bilimlariga qo’yiladigan talablar:
• tadqiqot rejasini aniq ifodalay bilish, tadqiqot muammosi, faraz va vazifalarini belgilash;
• axborot texnologiyalarini jalb qilgan holda bibliografik ishlarni bajarish;
• zamonaviy axborot texnologiyalari va ilmiy tadqiqotlarning avtomatlashtirilgan vositalarini jalb qilgan holda zarur tadqiqot uslublarini tanlash;
• bajarilgan ishlar yakunlarini tahrir qilish va matbuotning zamonaviy vositalarini qo’llab, talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan hisobotlar, referatlar, maqolalar, ma’ruza tezislari shaklida taqdim etish.

Magistrlik dissertasiyasini yozish va himoya qilish ilmiy-tadqiqot ishining pirovard natijasi hisoblanadi.

Kitob 3 qismdan iborat.
1 – qismda ilmiy axborot bilan ishlash usullari va vositalari: mutolaa qilish, yozma va og’zaki shakllarda bayon qilish haqida gap boradi. 2–qismda – ilmiy tadqiqot metodologiyasi berilgan. 3 – qismda magistrlik dissertasiyasini rasmiylashtirish va himoya qilish qoidalari bayon qilingan.

Glossariyda ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati bilan bog’liq asosiy kategoriyalar va tushunchalar taqdim etilgan.

Har bir bob materialning aniq bir qismini o’zlashtirishga muayyan yakun yasaydigan o’quv axborotlarini va mustaqil ishlash uchun topshiriqlarni o’z ichiga oladi.

 

MUNDARIJA