KONSPEKT

- reja, ko’chirmalar va tezislarning birlashtirilishini nazarda tutadi;
- bayonning ichki mantiqiga qurilgan;
- asosiy xulosalar va qoidalar, faktlar, dalillar, usullarni o’z ichiga oladi;
- tuzuvchining materialga nisbatan munosabatini aks ettiradi;
- nafaqat tuzuvchi, shu bilan birga uning boshqa o’quvchisi tomonidan ham ishlatilishi mumkin.
 

Konspektda quyidagilarni aks ettirish kerak • Gap nima haqida;
• Nima ta’kidlanayapti;
• Qanday dalillanayapti

Konspektda so’zlar ko’p bo’lishi, haddan ortiq ko’chirma olish, matnning mantiqiga putur yetkazib, uning uslubiy xususiyatini saqlab qolishga urinishdan o’zingizni tiying.
 

Konspekt turlari.

Rejali
Oldindan tayyorlangan reja yordamida tuziladi: uning har bir bandiga konspektning tegishli qismi mos keladi.

Matnga doir
ko’pincha mantiqiy o’tishlar bilan bog’langan ko’chirmalardan tashkil topadi.

Erkin
Ko’chirmalar, ba’zan tezislar aralashmasidan iborat bo’ladi

Xronologik
Hodisalarning o’zini ko’rsatish asosida ularning xronologik izchilligini aks ettiradi.

Tahliliy
Ko’pincha bir necha manbadan foydalanib aniq mavzuni ochib beradi.

Tematik
Matnning butun mazmunini aks ettirmaydi, faqat muayyan, aniq mavzuni ishlaydi, qo’yilgan savolga javob beradi.
 





 


Matnni o’qib chiqqandan keyin konspekt qilish usullari
1-variant.

Asosiy
so’zlar
Mohiyat,
asosiy fikr
Asosiy
fikrning ochib
berilishi
Xulosa, savollar,
shaxsiy munosabat
   

 

 

 

2- variant.

Asosiy masalalar           Masalalarning ochib berilishi
   

 

Shu turdagi konspekt qilish nima beradi? Siz o’zingiz uchun konspekt qilishning qanday turini tanladingiz?

Mustaqil ish.

O’zingiz uchun konspektning har xil turlari: rejali, matnli, erkin, tematik (tahliliy va xronologik) turlariga ehtiyojni aniqlang.
Konspektning u yoki boshqa turishga zarurat nima bilan izohlanadi?
 

Referat – bir yoki bir necha manbalarda mavjud bo’lgan g’oyalarning qisqacha yozuvi, u har xil nuqtai nazarlarni qiyoslash va tahlil qilish mahoratini taqozo etadi.
 

MUNDARIJA