ANNOTASIYA

Annotasiya - qandaydir nashr haqidagi qisqa axborot; hujjat, uning bir qismi yoki hujjatlar guruhining maqsadi, mazmuni, shakli va boshqa o’ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsifnomasi.

Annotasiya boshlang’ich hujjatda so’z boradigan savolga javob beradi.
 

Annotasiya turlari

Mazmuni va maqsadli
vazifasi bo’yicha
- bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz
tavsifnomasini beradi)
- tavsiyali (matnning iste’molchilarning muayyan
auditoriyasi uchun yaroqliligi jihatidan
tavsifini va bahosini beradi)

 

Mazmunni to’liq qamrab
olishi bo’yicha

- umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman
matnning tavsifini beradi)
- ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi
mutaxassislarni hisobga olib muayyan
jihatlardagi tavsifini beradi)
- guruhli (mavzui bo’yicha yaqin bir necha matnlar
tavsifini beradi)

 

1. Quyidagi annotasiyalar qanday turda bo’lishi kerakligini belgilang:
- diplom ishiniki;
- dissertasiyaniki;
- kitobniki.
2. Annotasiyalarga misollar keltiring.
 

Annotasiya – Nimaniki? Nimaga?

1. Bibliografik bayon 2. Annotasiya matni
F.I.Oi. Asar
nomi.- Nashriyot
– yil - - bet.
 
Matn tipi va vazifasi haqidagi
ma’lumotlar; muallif qo’ygan vazifalar;
uslublar; annotasiya qilinayotgan asar
tuzilmasi bayoni; predmeti va mavzui,
matnning asosiy qoidalari.
 

!

 

Annotasiyani tuzishga qo’yiladigan asosiy talablar
1. Kompozisiyasi mazmunan mantiqiy bo’ladi va dastlabki matn kompozisiyasidan farqlanishi mumkin.
2. Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotasiya tusiga bog’liq bo’ladi.
3. Tili lo’ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.
4. Dissertasiya, maqolaga annotasiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.
5. O’rtacha hajmi - 500 bosma belgi, kam hollarda – 800 – 1000.

 

Annotasiyani tuzishdagi asosiy xato – axborotning ko’pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi, davrlarning ishlatilishi!
Ortiqcha narsalar: kirish so’zlari va gaplari, murakkab gaplardan qoching!
“Klishelashtirilgan” iboralardan foydalanib, bir qator maqolalarga annotasiyalar tuzing:

 

Annotasiya matnidagi klishelashtirilgan iboralar va so’z birikmalari:
Maqolada…lar ko’rib chiqilgan.
…ko’rsatilgan.
…ning tavsifnomasi katta o’rin egallaydi.
…keng material keltirilgan.
Tadqiqot …kabi muhim muammolarni ko’rib chiqish orqali yuritiladi.
… ning mohiyatini ochishda
Muallif …ning ilmiy ta’rifini birinchi marta beradi va hokazo.


 

MUNDARIJA