AXBOROTNING OGZAKI SHAKLDA YETKAZILISHI

Bu bobda ilmiy axborotni og’zaki yoki ma’ruza shaklida, shuningdek o’quv topshirig’ini bajarish natijalarini taqdim etish - taqdimot usullari ko’rib chiqiladi.
 


MA’RUZA BILAN CHIQISH

Ilmiy axborot bilan so’zga chiqishga tayyorgarlikning prosessual tuzilmasi

 

Maqsadni nazarda tutish                                                             Yangi ilmiy axborotni bildirish yoki hodisalar sababini tushuntirish yoki oqibatlarni muhokama qilish.

 

Asosiy fikrlar, qoidalarni ifodalash Matnning yozilishi                                         

 

Ma’ruza, axborot bilan chiqish. Nutq so’zlash                                       


 

Ma’ruzada axborotlarni taqdim etish usullarini tanlash bo’yicha tavsiyalar

Ma'ruzani nimadan boshlash kerak?
Quyidagi usullar bilan e’tiborni qaratish mumkin:
Nutq mavzui bo’yicha muammoli
yoki o’ziga xos savol berish
bilan
 
Mumkinmi …?.Bu savollarga
javob berishdagi
muvaffaqiyatli urinishlardan
biri ...
Afsuski...

Nutq mavzui bo’yicha qiziqarli
ko’chirmani aytish bilan
Gapni …… maqoldan
boshlayman:…….
Bu iborada….

Aniq hayotiy misol aytish bilan
 
Shunday vaziyatni
tasavvur qilaylik…..
Bunday vaziyatda…..
Qanday….? Qaysi…?
Nutq predmetini aniq hodisa
bilan obrazli qiyoslash bilan
…bilan qiyoslash
mumkin…. ….Shunday
muammoni tasavvur
qilish mumkin…
Holat tarixidan boshlash bilan …da …yuz bergan
Holbuki, …bo’lib chiqqan.
Bunday natijani qanday
izohlash mumkin?

 

Ma’ruza ilmiy maqolaga to’la muvofiq bo’lishi ham mumkin. Biroq og’zaki nutqning afzalligi shundaki, bunda nutqni turli xil qilish, uni ancha jonliroq chiqarish, ilmiy bayon qat’iyligidan chekinish ham mumkin. Ma’ruza muayyan «ekspromt»ga yo’l qo’yadi, bu bilan tinglovchilar e’tiborini tortadi va nutqni esda qoladigan qiladi.

Shuni esdan chiqarmangki, ma’ruzaning o’ziga xos boshlanishidan keyin mavzu va uning dolzarbligini asoslash, shuningdek ilmiy qoida - tezis aytilishi kerak!

 

2.Asosiy bayon jarayonida tinglovchilarni qanday qilib qiziqtirish mumkin?

- o’zgacha faktlarni keltirish;
- hamma tinglovchilarga tegishli narsa haqida gapirish;
- aniq va belgili hikoya qilish;
- obrazli qiyoslashlar, solishtirishlarni qo’llanish.

 

Keltiriladigan obrazlar, qiyoslashlar, solishtirishlarning o’rinli bo’lishi va ulardan foydalanish me’yori haqida eslab turing!

3. Nutqni qanday tugallash kerak?

Nutq oxirida uning maqsadiga qarab:

Ma’ruza davomida tegib
o’tilgan asosiy fikrlarni
qisqacha bayon qilish
 
Shunday qilib, asosiy
tavsifnomalarni yana bir
bor takrorlaymiz…
 
Ma’ruza mavzui bo’yicha
qandaydir ko’chirma keltirish
Xulosa tarzida
shunday iborani aytishga
ijozat bering…
 
Tinglovchilarni
qo’yilgan muammo
ustida mushohada
yuritishga majbur
qilish

Xullas, ushbu nazariyaning barcha
“plyus” va “minus”larini ko’rib chiqib va
tahlil etib, biz qo’yilgan muammoni
hozir hal qilish mumkin emasligi
haqidagi xulosaga keldik.


Rezyume chiqarish bu yakun yasashdir. Rezyume qiluvchi ibora – bu notiqning «yopiq» tusdagi nutqi, uning bosh g’oyasi.

Rezyumedagi «klishelashtirilgan» iboralar va so’z birikmalari:
- «Shunday qilib,…»
- «Xullas, ta’kidlash mumkinki…»
- «Binobarin, asosiy g’oya quyidagilardan iborat …»
- «Aytib o’tilganlarga yakun yasaymiz…»

Nutqdagi tipik xatolar:
1) Asosiy fikrning idrok etilishini qiyinlashtiradigan xorijiy atamalar va tushunchalarni suiiste’mol qilish.
2) Parazit-so’zlar: «mana», «demak», «misol uchun» kabilarning ishlatilishi;
3) Ovozning juda balandligi: tinglovchilar 8 – 10 minutdan keyin bunday nutqni tinglamay qo’yishadi.
4) Tarkibidagi so’zlar 14-15 dan oshadigan murakkab gaplarni ishlatish: bunday iboralar idrok qilinmaydi, grammatik konstruksiya murakkabligi sababli ma’no uzoqlashadi.

Mustaqil ish.

Guruhda o’qituvchi bergan mavzu bo’yicha 10-15 minutlik ma’ruzali (2-3 tadan) chiqishlar o’tkazing.
1. Ma’ruzalar paytida har bir notiqni quyidagi jadval bo’yicha baholang.
2. Har bir ma’ruzadan keyin jadvalning har bir bandi bo’yicha muhokama o’tkazing. Ma’ruzachilarga umumiy baho bering.
3. Ular uchun jadvalning qoniqarsiz baho qo’yilgan bandlari bo’yicha tavsiyalar tayyorlang.

 

Ma’ruzachilarni baholash ko’rsatkichlari va mezonlari

Baholash ko’rsatkichlari Baholash mezonlari
«ha»
(2 ball)
«qisman»
(1 ball)
«yo’q»
(0 ball)
Nutq mavzui va maqsadi:
1. Ma’ruza mavzui aniqmi?      
2. Maqsad aniq ifodalaganmi?      
Mazmuni:
1. Qiziqarlimi?      
2. Mantiqiy va aniqmi?      
3. Ishonarlimi?      
4. Axborot yangimi?      
Nutq va til:
1. Ikki xil ma’noli so’zlar yo’qmi?      
2. Gaplar qisqami?      
3. Matnda mujmal konstruksiyalar yo’qmi?      
4. Ko’p so’zlilik yo’qmi?      
5. Nutqda uni idrok etishni qiyinlashtiradigan xatolar yo’qmi?      
Tashqi ko’rinish, imo-ishoralar, o’zini tutish:
1. Bemalol va ishonch bilan o’zini tutdimi?      
2. Nutq hammaga qaratilganmi?      
3. Qatnashuvchilarga qaraydimi?      
4. Erkinsizlik bo’lmadimi?      
5. Imo-ishoralar o’rinlimi?      
Boshqa mezonlar (qo’shish mumkin)
1.      
2.      

 

Ma’ruzani yozishda Sizda avvalo nima qiyinchilik tug’dirishini belgilang:
- kirish;
- asosiy qism;
- xulosa?
Siz bunday qiyinchiliklar sababini tushuntirib bera olasizmi?

MUNDARIJA